O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


Тadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə99/171
tarix07.01.2024
ölçüsü2,2 Mb.
#203584
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   171
BIZNESNI Vobkent pedagogika

Тadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi.
Тadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning uch guruhini alohida ko‘rsatish mumkin:

  1. yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Тadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari — innovatsiya tadbirkorlari shug‘ullanadi;

  2. tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar;

  3. tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar. Тadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tad-birkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Тadbirkor — ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni bilishi lozim. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashi va to‘g‘ri yo‘l tanlay olishi zarur. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmaydi va og‘ir paytlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.

Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko‘maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. Mulk sohibi bo‘lish. Bu yerda tadbirkorlar cheklangan resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo‘lishi kerak. Ular o‘z mulkiga tayanib yoki o‘zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.

  2. Foyda olishga intilish. Тadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy manfaati bo‘lib, unga foyda olish orqali erishiladi.

  3. Iqtisodiy erkinlik. Тadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiya asosida ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o‘ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o‘z bilganicha amalga oshiradi.


  4. Yüklə 2,2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin