O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə103/171
tarix07.01.2024
ölçüsü2,2 Mb.
#203584
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171
BIZNESNI Vobkent pedagogika

Тavakkalchiliklar. Agar siz mulohazali tavakkalchiliklarni o‘z zimmangizga olishga tayyor bo‘lsangiz, sizda muvaffaqiyat uchun barcha imkoniyatlar bor. Mulohazali tavakkalchiliklar sizga tanazzul yoki muvaffaqiyat imkoniyatlarini oldindan aniqlashga imkon beradi. Тavakkalchilik juda past bo‘lgan biznes kam daromad keltiradi va o‘z g‘oyalaringizni va ularni amalga oshirishni cheklab qo‘yadi.
Vaqt. O‘z biznesingizni boshlash — jiddiy ish. Dastlabki bir necha yil mobaynida ish ehtimol vaqtingizni ko‘p qismini olar. Keyinchalik korxona egasi tomonidan biznesdagi sidqidillik va shaxsiy manfaatdorlik juda o‘zgarishi mumkin. Kichik biznesning ko‘plab barqaror korxonalarida kundalik majburiyatlarni boshqaruvchi yelkasiga yuklash mumkin. Kelajakda biznesga qanchalik shaxsan jalb bo‘lishni xohlashingizni va kelajakda (aytaylik, 6 yildan keyin) qanchalik astoydil ishlashingizni aniqlashingiz kerak. Ehtimol, siz o‘z biznesingiz ichida to‘la yoki qisman bo‘lishni istarsiz yoki butunlay chetga chiqishni xohlarsiz.
Odamlar bilan muloqot. Sizga odamlar bilan ishlash yoqadimi yoki hamisha yakka o‘zingiz ishlashni istaysizmi? Yoki siz qayerdadir ularning o‘rtasida to‘xtaysizmi? Kichik biznesda shaxslararo muloqot (aloqa)ning uch turi — iste’molchilar bilan, xodimlar bilan va yetkazib beruvchilar bilan muloqot mavjud. Ko‘p kichik korxonalarning egalari xodimlar va yetkazib beruvchilarning muloqotiga e’tiroz bildirishmaydi, chunki mulkdor ularga nisbatan foydaliroq mavqeda turadi. Biroq mulkdor-iste’molchi munosabatlari sizning biznesingiz turiga qattiq bog‘liqdir. Masalan, ko‘chmas mulkni sotishda hujumkorlik, hatto agressivlik muhimdir. Agar sizga yakka tartibda sotish yoqmasa, bu narsa talab qilinadigan biznesni tanlamang. Biznesning boshqa ko‘plab turlarida sotishga yondashuv ko‘proq shaxsdan tashqaridadir.
Chakana savdoda muvaffaqiyat ko‘pincha iste’molchi bilan shaxsiy aloqadan ko‘ra, yaxshi tovarlarga, maqbul narxlarga va omadli reklamaga bog‘liq bo‘ladi. Pochta, Internet yoki elektron pochta orqali buyurtma berish shaxs ishtirokisiz savdoning oxirgi misolidir, bunda siz hech qachon iste’molchini ko‘rmaysiz (iste’molchi buyurtma beradi, mulkdor tovar jo‘natadi) 3-Mavzu:Tadbirkorlik faoliyatida biznes reja.

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin