Bozorni o'rganish marketing tadqiqotlarining eng keng tarqalgan sohasi. Ko'pgina
mutaxassislarning ta'kidlashicha, bozor tadqiqotlarisiz, bozorda ishlash, bozorni tanlash, bozor
|
faoliyatini rejalashtirish va prognozlash bilan bog'liq bo'lgan muhim qarorlar uchun zarur bo'lgan
|
ma'lumotlarni tizimli ravishda to'plash, tahlil qilish va taqqoslash mumkin emas. Iqtisodiy,
|
demografik, ilmiy-texnikaviy, qonunchilik, ekologik va boshqa omillar o'zgarishini tahlil qilishni o'z
|
ichiga olgan bozorni rivojlantirish tendentsiyalari va jarayonlari bozorni o'rganish ob'ekti
|
hisoblanadi. Bundan tashqari, bozorni o'rganish bozorning tuzilishi va jug'rofiyasini, uning
|
dinamikasini, sig'imini, bozor to'siqlarini, raqobat holatini, bozorning o'ziga xos xususiyatlarini,
|
xatarlar va imkoniyatlarni o'rganishga qaratilgan. Bozor tadqiqotlarining asosiy natijalari quyidagilar
|
bo'lishi mumkin: Bozor rivojlanishini prognoz qilish, bozor tendentsiyasini baholash,
|
muvaffaqiyatning asosiy omillarini aniqlash; Bozorda raqobat siyosatini amalga oshirishning eng
|
samarali usullarini yaratish;
|
|