O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə123/171
tarix07.01.2024
ölçüsü2,2 Mb.
#203584
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   171
BIZNESNI Vobkent pedagogika

BUXGALTERIYA HISOBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi ning “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2016-yil 13apreldagi O‘RQ-404-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
1-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Basharti, O‘zbekiston Respublikasi ning xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda bayon etilganidan ko‘ra boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qo‘llanadi.
2-modda. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining vazifalari:
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
3-modda. Buxgalteriya hisobi subyektlari
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi da ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobni yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi.
4-modda. Buxgalteriya hisobi obyektlari
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar,
foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin