10-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari Buxgalteriya hisobi registrlari ikki yoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladigan
jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir.
Registrlar texnika vositalaridan foydalanishda olingan mashinogramma ko‘rinishidagi yozuvlar yo‘li bilan, shuningdek magnit tasmalari, disklar, disketlar va boshqa mashinalarda bajarilishi mumkin. Registrlarni shakllantirish tartibi buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
11-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi. Inventarizatsiya obyektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo‘yicha buxgalteriya hisobi standartiga muvofiq belgilanadi.
16-modda. Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tuziladi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: buxgalteriya balansi;
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot; xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shaklda
tuziladi.
Budjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
IC dasturlash nima? Integratsiyalangan elektron (IC) dasturlash - bu dasturiy ta'minot kod orqali yaratilgan va keyinchalik ICga qo'shiladigan kompyuter dasturlash turi. Bu odatda kompyuterni IC dasturlash uchun ko'prik sifatida ishlatish orqali amalga oshiriladi, chunki kompyuter dasturni IC-ga yuklay oladi. Bu ko'pincha ma'lum bir qurilmani boshqarish uchun mikrokontrolörler uchun ishlatiladi, lekin u asosiy kompyuterning o'zi uchun ham ishlatilishi mumkin. IC dasturlash orqali kodlanishi mumkin bo'lgan ko'plab harakatlar mavjud va u boshqariladigan narsalarga tushadi.