O’zbekiston respublikasioliyva o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


 Valyuta kurslari o‘rtasida salbiy farq vujudga kelsa



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/45
tarix13.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#175845
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Kitob 3944 uzsmart.uz

 

Valyuta kurslari o‘rtasida salbiy farq vujudga kelsa: 
Debet
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar 
o‘rtasidagi farq”
Kredit 
4610 “Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo‘yicha qarzi” 
schyotida aks ettiriladi.
Kurslar o‘rtasidagi vujudga kelgan salbiy farq korxonaning zarariga 
olib boriladi va uning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydasidan qoplanadi.
Bunda: 
Debet
9620 “Valyo’ta kurslari farqida ko‘rilgan zararlar” aks ettiriladi. 
Kredit 
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar 
o‘rtasidagi farq”
 
Qo‘shilgan kapitalning analitik hisobi ta’sischilar va aksiyalarning turlari 
bo‘yicha olib boriladi.
 
Rezerv kapitali
asosan quyidagi manbalar hisobidan vujudga keladi: 

Mavjud mulkni qayta baholash natijasida paydo bo‘ladigan yangi 
qiymat evaziga.
Tasdiqlangan Nizomga ko‘ra korxonalar har yilning oxirida 
o‘zlarining asosiy vositalarini, tugallanmagan qurilish ob’ektlarini qayta 
baholaydilar. Qayta baholashda asosiy vositalarning oldingi boshlang‘ich 
qiymati va jamlangan eskirishi real bozor baholaridan kelib chiqgan holda 
ko‘payish yoki kamayish tomonlariga o‘zgartirilishi mumkin. Agar 


26 
o‘zgartirishlar o‘sish tomonga yuz bergan bo‘lsa, o‘rtadagi ijobiy farq rezerv 
kapitalini vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
1)
Qayta baholash evaziga vujudga kelgan rezerv kapitalining hisobi
Debet 
asosiy asosiy vositalar schyotlarining ( 0110-0190)
Kredit
8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida aks 
ettiriladi.
8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining kredit 
oboroti va debet oboroti summalari o‘rtasidagi ijobiy farq balansda qayta 
baholashdan vujudga kelgan maxsus rezerv kapitali sifatida aks ettiriladi. Agar 
qayta baholash natijasida ushbu schyotning debet oboroti kredit oboroti 
summasidan katta bo‘lsa, u holda korxona qayta baholashdan zarar ko‘rgan 
bo‘ladi va u 9430 “Boshqa operatsion harajatlar” schyotining debetida va 8510 
“Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining kreditida aks 
ettiriladi. Mulkni qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali 
korxona tugatilganda ta’sischilarning hissalariga mos ravishda taqsimlanadi, 
bunga debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti va 
kredit 6620 “Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissalari bo‘yicha qarz” 
schyoti kreditlanadi. 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin