21
aksiyalarning nominal qiymati oshirilishi evaziga yuz beradi. Ustav
kapitalining bunday yo‘llar bilan ko‘payishi ham yuqorida keltirilgan birinchi
yozuv bilan hisobga olinadi. Davlat korxonalarida ustav kapitalini hisobot
yilning sof foydasi evaziga ko‘payishi quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet
8710 “Hisobot yilning taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan
zarari)”
Kredit
8300 “Ustav kapitali”
Ustav kapitalining kamayishi ta’sischilarning hissalarini kamaytirilishi
yoki ularni ta’sischilar safidan chiqarilishi, aksionerlik jamiyatlarida esa mavjud
aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirilishi yoki aksiyalar sonini kamayishi
evaziga yuz beradi. Davlat korxonalarida ustav kapitali summasi hisobot yilning
qoplanmay qolingan zararlariga kamayadi.
Ustav kapitalini kamayishi hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
1)
Ta’sischilarning hissalari kamaytirilganda yoki ayrim ta’sischilar
o‘z hissalari bilan ta’sischilar qatoridan chiqib ketganda:
Dostları ilə paylaş: