52
lozim. Bu nafaqat muomalani buxgalteriya xisobi schyotlarida to’g’ri aks
ettirish uchun, balki soliqlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning to’g’riligini
asoslash uchun ham muhimdir.
Dastlabki hujjatlar (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomalari,
yuk xatlari, schyotlar,kassa xisobotlari, bank
ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari va b.) bo’yicha ustav kapitaliga
qo’shilgan ulushlarning tegishli schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligi tekshiriladi.
Ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlarni tekshirishda
auditor ishtirokida
inventarizatsiya o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunda ustav kapitaliga ulush
sifatida ishlashga yaroqsiz asosiy vositalar, amaliy qiymatini yo’qotgan
nomoddiy aktivlar qo’shilgan holatlar aniqlanishi mumkin.
Ustav kapitali o’zgarishining asosliligini tekshirish 8510-“Ustav kapitali
(fondi) ni hisobga oladigan schyotlar”(8511,8512,8513-schyotlar) bo’yicha
hisob registrlarining yozuvlarini tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Bunday yozuvlar ustav kapitali beligilangan
tartibda kupaytirilgan yoki
kamaytirilgan holatdagina, faqat aktsiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatlariga
tegishli tarzda o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng amalga oshiriladi.
Tekshiruv chog’ida ustav kapitalini ko’paytirish manbalari aniqlanadi.
Ular asosan quyidagilar hisobiga bo’lishi mumkin:
-
emitent-aktsiyadorlik jamiyatining o’z aktsiyalarini
ularning
nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan mablag’lar ya’ni
emission
daromad
(Kt 8521-schyot);
-
jamg’arma, iste’mol va boshqa
fondlar hamda ishlatilmagan
zaxiralar mablag’lari;
-
oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda;
-
grantlar, subsidiyalar va kaytarib berilmaydigan yordamlar
xisobiga (Kt 8810-schyot);
-
aktivlarni qayta baxolashdan xosil bo’lgan manba hisobiga (Kt
8531-schyot);
-
dividendlar hisobiga.
53
Auditor ustav kapitali kamaytirilishining asosliligini ham tekshiradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan qonunning 22-moddasiga muvofiq
“Jamiyatning ustav fondi aktsiyalarning nominal
qiymatini yoki ularning
umumiy sonini qiskartirish yo’li bilan, shu jumladan aktsiyalarning bir qismini
jamiyatning o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olish yo’li
bilan kamaytirilishi mumkin” (18)
Auditor
ustav
kapitalining
korxona
xususiy
manbalarining
kapitallashtirilishi
hisobiga
ko’paytirilishi,
yoki
yuqoridagi
holatda
kamaytirilishi to’g’risida aktsiyadorlar majlisining qarori mavjudligini ham
aniqlaydi. Ustav kapitali ko’paytirilganda qo’shimcha aktsiyalar qiymatini
to’lash shakli ularni joylashtirish tug’risidagi qaror bilan belgilanadi.
Keyinchalik auditor asosiy va qo’shimcha chiqarilgan aktsiyalar
kiymatining
to’lanishini
tekshiradi.
“Aktsiyadorlik
jamiyatlari
va
aktsiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunning 37-
moddasiga muvofiq “Jamiyat aktsiyalariga haq to’lash bozor qiymatida amalga
oshiriladi” (18).
Faqat quyidagi hollardagina aktsiyalar
ularning bozor qiymatidan
arzonroq narxda joylashtirilishi mumkin:
-
jamiyatning qo’shimcha oddiy aktsiyalari oddiy aktsiyalar egalari
bo’lgan aktsiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aktsiyalarni bozor qiymatining
to’qson foizidan past bo’lmagan narxda sotib olishdan iborat o’z imtiyozli
xuquqlarini ro’yobga chiqargan hollarda;
-
qo’shimcha aktsiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning
bahosi bozor bahosidan ko’pi bilan bunday aktsiyalarni joylashtirish baxosiga
nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik xaqi miqdorida arzon bo’lganida.
Ustav kapitali auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning yakunlovchi
bosqichida uning eng kam miqdori to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya
qilinishi ham aniqlanadi.
Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to’g’riligi
mazkur korxonada qo’llanilayotgan xisob shaklining registrlari (memorial-
54
orderlar,
daftarlar, jurnal-orderlar, mashinagrammalar va x.k) ma’lumotlarini
tekshirish bilan aniqlanadi.
Ustav kapitalining analitik xisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik
xisob ma’lumotlariga tengligi,
balki aktsiyalarning turlari, ularning egalari,
aktsiyalar uchun xisob-kitoblarning axvoli va boshqalar bo’yicha axborot olish
imkoniyatlari ham aniqlanadi.
Shuningdek, auditor “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyalarning
xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunning 47-50 moddalariga muvofiq
Dostları ilə paylaş: