O’zbekiston respublikasioliyva o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/45
tarix13.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#175845
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Kitob 3944 uzsmart.uz

XULOSA VA TAKLIFLAR 
Buxgalteriya hisobi fanidan ma'lumki korxona, tashkilot va firmalarni 
moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash manbai bo'lib quyidagilar hisoblanadi: 
• O’z mablag'lar manbai; 
• Qarz mablag’lari. 
Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag'lar manbaiga byudjetdan ajratmalar 
ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o'tganimizdan keyin bu mablag'lar 
manbai bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo'q qilinishi Respublikamizdagi 
boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi. 


69 
Endilikda esa yuqorida sanab o'tgilganlar korxonalarni mablag'lar bilan 
ta'minlash manbai bo'lib kelmoqda. Korxona, tashkilot yoki firma ochilish 
davrida o'z mablag'larini belgilab olishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o'z moliyaviy ehtiyojlarini 
o'zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta'minlash manbai bo’lib, uning 
foydasi, qimmatbaho qog'ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay 
va boshqa to'lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to'lovlari 
hamda qonundan tashqari bo'lmagan holda kirim qilingan mablag'lar kiradi. 
Bunday asosda kiritilgan mablag'lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital 
deb qaraladi. Xususiy kapital hisobi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim 
ahamiyatga ega bo'lib, u korxonaning o'z qudrat darajasini qay darajada 
ekanligini bildiradi.
Hususiy kapital qiymatini ko'paytirishning eng asosiy omili bo'lib 
korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko'rsatuvchi 
tashkilotlar shu omil hisobiga o'z jamg'armalarini oshirishlari eng optimal 
variant deb qaraladi. Sababi, bu omilning o'zgarishi faqatgina korxonaning 
o'ziga bog'liq bo'lib, uning har tomonlama to'liq imkoniyatlarini ishga solib 
faoliyatini boshlashini taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko'rsatkichlaming 
o'zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bog'liq bo’ladi. Mazkur vazifalarni hal 
etishda korxona va tashkilotlar «Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari 
hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to'g'risidagi Nizom»ni chuqur 
bilishlari lozim.
Yuqоridаgi хulоsаlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа quyidаgilаrni tаklif qilаmаn: 
-
Korxona va tashkilotlarda ustav, qo’shilgan va rezerv kapitali hisobini 
xalqaro andozalar asosida olib borish
-
Korxonalarda moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining kapital 
konsepsiyasini qo’llash; 
-
Korxona va tashkilotlar o’zlarining sof foydasi o’sishini ta’minlash; 


70 
-
Korxona va tashkilotlarda “Hususiy kapital” to’g’risidagi 5-shakl 
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda dasturiy ta’minotlardan 
foydalanish. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin