O`zbekiston respubliksi oliy va o`rta


I. BOB. MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/26
tarix09.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Tuganbekova A.

I. BOB. MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA 

MA`NAVIY TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI 

1.1. Maktabgacha ta`lim muassasalari va ularda bola tarbiyasining maqsad 

va vazifalari. 

  

O`zbekiston 



Respublikasi 

“Ta`lim 


to`g`risida”gi  Qonunning  10-moddasida  va 

“Kadrlar 

tayyorlash 

milliy 


dasturi”da 

maktabgacha  ta`lim-uzluksiz  ta`lim  tizimining 

birinchi  turi  ekanligi  qayd  etilgan.  Shuningdek, 

maktabgacha 

ta`lim 

to`g`risida 

“Ta`lim 

to`g`risida”gi  Qonunning  11-moddasida  ham 

“Maktabgacha  ta`lim  bola  shaxsini  sog`lom  va 

yetuk,  maktabda  o`qishga  tayyorlangan  tarzda 

shakllantirish  maqsadini  ko`zlaydi.  Bu  ta`lim  olti-yetti  yoshgacha  oilada,  bolalar 

bog`chasida  va  mulk  shaklidan  qat`iy  nazar  boshqa  ta`lim  muassasalarida  olib 

boriladi”,  deb  ta`kidlansa,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  “maktabgacha 

ta`limning  samarali  psixologik  usullarini  izlash  va  joriy  etish”,  degan  talabni 

qo`yadi. 

Maktabgacha  ta`lim  bola  6-7  yoshga  yetguncha  oilada  hamda  davlat  yoki 

nodavlat  MTM  ida  amalga  oshiriladi.  YuNESKO  qarori  bilan  1997  yilda 

“Maktabgacha ta`lim” uzluksiz ta`lim tizimining birinchi bosqichi sifatida kiritildi. 

Oldingi “Maktabgacha tarbiya” termini “Maktabgacha ta`lim” bilan almashtirildi. 

Sir  emaski, bugungi  kunda  uzluksiz  ta`lim  tizimiga  mamlakatimizda  katta  e`tibor 

qaratilgan. Buni butun dunyo rivojlangan mamlakatlari tan olmoqda. Bunga sabab 

Mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  O`zbekiston  kelajagini  qurishda  asosiy 

ishtirokchi  bo`ladigan  bolalarni  yuksak  ma`naviyatli  qilib  tarbiyalashga  katta 

e`tibor  bermoqda.  Jumladan,  uning “Yuksak  ma`naviyat-engilmas  kuch” nomli 

asarida ham “Ko`p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, inson o`z 



 

umri  davomida  oladigan  barcha  informasiyaning  70  foizini  5  yoshgacha  bo`lgan 



davrda olar ekan. 

Bolaning  ongi  asosan  5-7  yoshda  shakllanishini  inobatga  oladigan  bo`lsak, 

aynan  ana  shu  davrda  uning  qalbida  oiladagi  muhit  ta`sirida  ma`naviyatning  ilk 

kurtaklari  namoyon  bo`la  boshlaydi”, deyilgan.  Ushbu  fikrlar  nafaqat  oila  va  oila 

muhitiga taalluqli, balki MTM dagi ta`lim-tarbiya jarayonining barcha jabhalariga 

tegishli.  Chunki,  bolalarning  intellektual  salohiyatini  shakllantirishning  eng 

muhim-boshlang`ich  bosqichi  ham  aynan  5-7  yoshdagi  bolalarga  to`g`ri  keladi. 

Buning  isbotini  mazkur  tadqiqot  ishining  3-bobidagi  “Iste`dodli  bola 

xonadoningizda”  mavzusidagi  oila  darsi  mashg`ulotlariga  e`tibor  berish  orqali 

topasiz.Maktabgacha  ta`lim muassasasini  tashkil  etishdan asosiy  maqsad bolalar 

ta`lim-tarbiyasiga  qo`yiladigan  davlat  talablariga  muvofiq  keladigan  hamda  har 

tomonlama yetuk va sog`lom bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, 

psixologik,  pedagogik  shart-sharoitlar  yaratish  va  bolalarni  maktabda  muntazam 

ravishda ta`lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam berish. 

MTM ning asosiy vazifalari quyidagilar: 

 

bolalar sog`lig`ini mustahkamlash va ularning hayotini muhofaza qilish; 



 

bola shaxsiga munosabatni shakllantirish

 

bolaning ma`naviy, jismoniy va intellektual rivojlanishiga hissa qo`shish va 



ularning  bilimga  qiziqishini  rivojlantirish  hamda  mehnat  ko`nikmalari 

elementlarini shakllantirishga ko`maklashish; 

 

bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga o`rgatish; 



 

bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash

 

O`zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta`limi  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan 



yoki tavsiya qilingan dasturlar asosidagi ta`lim mazmunini amalga oshiradi. 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin