shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu ta`lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar
bog`chasida va mulk shaklidan qat`iy nazar boshqa ta`lim muassasalarida olib
boriladi”, deb ta`kidlansa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “maktabgacha
ta`limning samarali psixologik usullarini izlash va joriy etish”, degan talabni
“Maktabgacha ta`lim” uzluksiz ta`lim tizimining birinchi bosqichi sifatida kiritildi.
Oldingi “Maktabgacha tarbiya” termini “Maktabgacha ta`lim” bilan almashtirildi.
Sir emaski, bugungi kunda uzluksiz ta`lim tizimiga mamlakatimizda katta e`tibor
qaratilgan. Buni butun dunyo rivojlangan mamlakatlari tan olmoqda. Bunga sabab
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov O`zbekiston kelajagini qurishda asosiy
ishtirokchi bo`ladigan bolalarni yuksak ma`naviyatli qilib tarbiyalashga katta
asarida ham “Ko`p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, inson o`z
7
umri davomida oladigan barcha informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo`lgan
davrda olar ekan.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo`lsak,
aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta`sirida ma`naviyatning ilk
kurtaklari namoyon bo`la boshlaydi”, deyilgan. Ushbu fikrlar nafaqat oila va oila
muhitiga taalluqli, balki MTM dagi ta`lim-tarbiya jarayonining barcha jabhalariga
tegishli. Chunki, bolalarning intellektual salohiyatini shakllantirishning eng
muhim-boshlang`ich bosqichi ham aynan 5-7 yoshdagi bolalarga to`g`ri keladi.
Buning isbotini mazkur tadqiqot ishining 3-bobidagi “Iste`dodli bola
xonadoningizda” mavzusidagi oila darsi mashg`ulotlariga e`tibor berish orqali
topasiz.Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etishdan asosiy maqsad bolalar
ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq keladigan hamda har
tomonlama yetuk va sog`lom bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy,
psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratish va bolalarni maktabda muntazam
ravishda ta`lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam berish.
MTM ning asosiy vazifalari quyidagilar:
bolalar sog`lig`ini mustahkamlash va ularning hayotini muhofaza qilish;
bola shaxsiga munosabatni shakllantirish;
bolaning ma`naviy, jismoniy va intellektual rivojlanishiga hissa qo`shish va
ularning bilimga qiziqishini rivojlantirish hamda mehnat ko`nikmalari
elementlarini shakllantirishga ko`maklashish;
bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga o`rgatish;
bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash;
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan
yoki tavsiya qilingan dasturlar asosidagi ta`lim mazmunini amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: