O'zbekiston shaharlarining demografik tarkibi
1.O'zbekiston aholisi demografik kursatkichi.
2.Urbanizatsiya darajasi.
3.Aholining jins va yosh kursatkichlari.
Oʻzbekiston aholisining demografik koʻrsatkichlari boʻlib, aholining oʻsishi, zichligi, millati, taʼlim darajasi, sogʻligʻi, iqtisodiy ahvoli, diniy mansubligi va boshqa jihatlarini oʻz ichiga oladi. Ma'lumotlarning aksariyati taxmindir, chunki oxirgi aholi roʻyxati 1989-yilda Sovet davrida o'tkazilgan.
1991—2005-yillarda Oʻzbekiston viloyatlari boʻyicha shahar aholisining oʻsishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatildi. Bu-yillarda respublika shaharlari aholisining oʻsish surʻati 0,9 % boʻlib, bu koʻrsatkich Surxondaryoda 3,2 %; Jizzaxda 2,8 %; Sirdaryoda 0,6 %; Buxoroda 0,7 %; Xorazmda 0,8 % va Toshkent viloyatida 0,2 % ni tashkil etdi.
Yuqoridagi oʻzgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Fargʻona va toshkent iqtisodiy rayonlarida yuqori. Fargʻona vodiysiga mamlakat aholisining 28 %, Toshkent sh. va viloyatiga 18 % toʻgʻri keladi. Aholi zichligi 1 km2 ga 58 kishi boʻlib, bu koʻrsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati) 552,5 (Andijon viloyati) kishigacha yetadi. Fargʻona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida zichlik koʻrsatkichi ancha past.
Oʻzbekiston Respublikasi jami aholisining 36,3 % shaharlarda, qolgan qismi qishloqlarda yashaydi. Soʻnggi-yillarda urbanizatsiya darajasining pasayib borishi va qishloq aholisi hissasining oʻsishi kuzatilmoqda.
Urbanizatsiya darajasining qisqarib borishiga qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan tezroq koʻpayishi, shaharlarda (ayniqsa, sanoat markazlarida) tashqi migratsiyaning kuchayishi, yangi shaharlarning vujudga kelmasligi ham sabab boʻldi. Ammo qishloq joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilma va sanoat korxonalari, dam olish maskanlarining tashkil etilishi, qishloq xoʻjaligiga tegishli boʻlmagan iqtisodiy tarmoqlarda tadbirkorlikning rivojlanib borishi urbanizatsiyaning haqiqiy holatini ifodalab beradi. Mazkur oʻzgarishlar hamda shaharlar rivojlanishi asosida Oʻzbekistonda yaqin-yillarda urbanizatsiya umumiy koʻrsatkichining qisqarib borishi toʻxtab, oʻsa boshlaydi.
Oʻzbekiston jahonning ilk urbanizatsiya oʻchoqlaridan biri. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz, Qarshi va Shahrisabz sh.lari 20002700 yillik tarixga ega. Mamlakatning turli hududlarida topilgan shaharlar qoldiqlari (Afrosiyob, Axsi, Pop, Nasaf, Kesh, Poykend va b.) ham bu yerda urbanizatsiyaning qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi.Oʻzbekistonda 120 ta shahar va 117 ta shaharcha mavjud boʻlib, ularda 9442 ming kishi yoki mamlakat jami aholisining 36, % yashaydi.Shahar aholisi 1865—1917-yillarda past surʻatlar bilan koʻpaydi. 20-asrning boshlarida shahar aholisi siyosiy vaziyatning barqarorlashuvi natijasida notekis oʻsdi. Bunga, albatta, 1924-yilda amalga oshirilgan Oʻrta Osiyoning milliy-maʼmuriy qayta boʻlinishi ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 192640-yillarda shahar tarmogʻi va shahar aholisining sonida katta oʻzgarishlar boʻldi. Industr lashtirish shiori ostida oʻtkazilgan tadbirlar 12 shahar qatoriga yangi shaharchalarning qoʻshilishiga, shahar aholisining esa tez koʻpayishiga sabab boʻldi.
Ikkinchi jahon urushi-yillarida Oʻzbekis tonning jami aholisi 1,5 mln.ga kamaydi, bunda shahar aholisining salmogʻi ancha kam. Buning sababi frontga qurol-aslaha va b. mahsulotlar yetkazib beruvchi shaharlarning imtiyozlar bilan taʼminlanishi, ikkinchi sababi front oldidagi korxonalarning aksari qismi ishchilar bilan birga sharqqa, jumladan, Oʻzbekiston shaharlariga koʻchirilishidir. Urush natijasida 1 mln. tub aholisini yoʻqotgan respublika 1 mln. dan ortiq yevropaliklarga ega boʻldi, bu holat esa siyosiy va demografik vaziyatga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Urushdan keyingi „demografik kompensatsiya“ davrida shahar aholisi tez surʻatlar bilan koʻpaydi.
Shahar aholisi, ayniqsa, 197386-yillarda tez koʻpaygan. Bunga 1972-yilda Oʻzbekistonda aholi yashaydigan joylarga shahar maqomini berish uchun zarur boʻlgan demografik meʼyorning oʻzgarishi, yaʼni aholi sonining 10 mingdan 7 ming kishiga tushirilishi sabab boʻldi. Natijada bir-yilda oʻnga yaqin qishloqlar shahar toifasiga oʻtkazil di. Mas., 1970-yilda respublikada 42 ta shahar boʻlgan boʻlsa, ular qatoriga 1973-yilda 13 ta, 1974-yilda 9 ta, 1975-yilda 5 ta, 1976-yilda 6 ta, 1977-yilda 5 ta „yangi shahar“ qoʻshildi.
Biroq, shaharlar sonining bunday tez surʻatlarda koʻpayishi haqiqiy urbanizatsiya emas, koʻproq „soxta“ urbanizatsiyaga olib keldi. Shaharlar sonining koʻpayishi 20-asrning 90-yillarida keskin qisqardi va eng soʻnggi-yillarda yangi shaharlar deyarli tashkil topmadi. hoz. Toshkent viloyatida 34 ta, Qoraqalpogʻistonda 29 ta, Samarqand viloyatida 23 ta shahar va shaharchalar mavjud. Ularning eng kam soni Sirdaryo viloyatida 11 ta va Xorazm viloyatida 10 ta, Buxoro viloyatida 14 ta va Navoiy, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida 15 tadan, Andijon va Qashqadaryoda 16 tadan, Namangan viloyatida 20 ta va Fargʻonada 19 ta shahar va shaharchalar bor (2005).yoshidagi guruhlarida ham davom etadi.
Oʻzbekistonda aholining yosh tarkibi uning demografik xususiyatlariga va turmush darajasiga bogʻliq. Oʻzbekiston dunyoda tugʻilish darajasi nisbatan yuqori boʻlgan davlatlardan. Biroq oʻlkadagi tugʻilishning yuqori darajasi hammavaqt ham aholining muntazam koʻpayib borishini taʼminlay olmagan. 20-asrning 1-yarmida Oʻzbekistonda bolalar oʻlimi yuqori boʻlgan va tugʻilgan bolalarning 5060 % bolalik va oʻsmirlik davridayoq nobud boʻlishgan. Bu hol aholining yosh tarkibida ham ifodalana di. Mas., 1926 va 1939-yillarda oʻtkazil gan aholi roʻyxati maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston aholisining umumiy sonida 09 yoshdagi bolalar salmogʻi 2324 %ni, 1959-89-yillardagi aholi roʻyxati maʼlumotlarida bu koʻrsatkich 2832 %ni tashkil etgan.
Aholi tarkibida bolalar salmogʻi ning oshib borishi 1-navbatda bolalar oʻlimining keskin kamayishi bilan bogʻliq. Bolalar salmogʻining oshib borishiga bevosita taʼsir etuvchi omillardan yana biri Oʻzbekistonda tugʻilayotgan bolalar sonining koʻpayib borishidir. Tugʻilish surʻati 20-asrning 2-yarmida juda yuqori boʻlgan. Agar Oʻzbekistonda 1950-yil tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti 30,8 %ni tashkil etgan boʻlsa, 1960-yilda 39,8 %ga teng boʻlgan. Bu davrda tugʻilgan bolalar 1975-80-yillarda kamolot yoshiga yetganlar va natijada aholi tarkibida 15-19, 20-24 yoshli guruhlarning salmogʻi koʻtarilgan. Bu hol esa, oʻz navbatida, Oʻzbekistonda yangi oilalar tarkib topishiga va oilalar miqdorining koʻpayishiga olib kelgan.
BMT maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekis ton aholisining yosh tarkibi dunyo aholisi yosh tarkibiga taqqoslansa, bolalar salmogʻining ancha yuqoriligi kuzatiladi.
Oʻzbekiston qarish shkalasi boʻyicha jahondagi aholisi „yosh“ davlatlar qatoriga kiradi.
Oʻzbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-59 yosh, ayollar uchun 16-54 yosh qilib belgilangan. Mehnat yoshidan yuqori, yaʼni 55 va undan katta ayollar, 60 va undan katta erkaklar soni 19912004-yillarda 18,7 % ga oshdi.
Oʻzbekistonda bugungi demografik vaziyat, ayniqsa, tugʻilish jarayonining kamayib borishi (1991-yilda tugʻilish ning umumiy koeffitsiyenti 34,50/00 ni tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda bu koʻrsatkich 20,50/00ga teng boʻldi yoki 140/00 ga kamaydi) yaqin kelajakda jami aholi salmogʻida qariyalar ulushining ortib borishidan dalolat beradi. Bu hol esa, Oʻzbekistonda qariyalarning ijtimoiy-demografik guruh sifatida gi mavqei oshib borishini koʻrsatadi.
Dostları ilə paylaş: |