3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi (mazmuni):
3.1. Nazariy qism:
Son suyagining tugma chiqishi - tayanch-harakat apparatining nuqsonlari ichida eng kup uchraydigani bulib, hama ortopedik kasalliklarning 3% dan ortigini tashkil etadi.
Son suyagining tugma chiqishida, chanoqson bugimining ayniqsa, chanoq kosachasining displaziyasi kuzatiladi. Chanoq kosachasi yassi,ichi eg tuqimalari bilan tula buladi. Shuning uchun son suyagi boshchasi chanok kosachasidan osonlikcha chikib ketadi. Chanoq-son bugimining displaziyasida son suyagining suyaklanish yadrosi hama vaqt normadagidan kichik buladi. Chiqishning darajasiga qarab son suyagi boshchasi oval shaklni olib, dumaloqligini yuqotadi. Tuliq chiqqanda chiqqan boshcha tiralib turgan yonbosh suyagi qanotida yangi bugim kosasi hosil buladi, shunda u yer togay qatlami bilan qoplanadi. Mexanik omillar ta'sirida dumaloq boylam yuqolib ketadi yoki chuzilib,yugonlashadi.
Son suyagining chiqishi yuqori chanoq suyagi qanoti osti tomoniga bulsa, yonbosh-bel mushaklarining payi uzining yunalishini uzgartirib, bugim haltasini siqib quyadi. Buning oqibatida u qumsoati shaklini oladi.
Chanok-son bug’imidagi displaziya va chiqishni erta aniklash.buning uchun puhtalik bilan anamnez yigish kerak: irsiyatini aniqlash (ayniqsa qizlarda kasallikka shubha bulsa) homiladorlikning utishi, homiladorlik davrida qanday uzgarishlar bulganligini aniqlash muayyan ahamiyatga ega. Tugishda bolaning chanoq bilan kelishida son suyagining tugma chiqishi kup uchraydi.
Bir yoshdan katta bolalarda son suyagining tugma chiqishiga tashhis quyish.bir yoshdan oshgan bolalarda son suyagining tug’ma chiqishiga tashhis quyish qiyin emas. Son suyagi (ayniqsa,ikki tomonlama) chiqqan bola sog’lom tengdoshlariga qaraganda ancha kech (14 oylikda) yuradi. Bir tomonlama chiqishda omonat (qaltis) yuradi, chuloqlanadi. Ikki tomonlama chiqqanda ikki tomonga oqsab yuradi(«o’rdak yurish»).
Tug’ma maymoqlik: tayanch-harakat apparati tug’ma deformatsiyalari (nuqsonlari) ichida kup uchraydigani (hama tugma deformatsiyalarning 35-38%) bulib, ug’il bolalarda qizlarga nisbatan ikki barobar kup uchraydi. Ikki tomonlama maymoqlik bir tomonlama maymoqlikka nisbatan kup uchraydi.
Tug’ma maymoqlik - kelib chiqish sabablariga kura kup omilli kasallik hisoblanadi.
Tovonning maymoqlikdagi holati quyidagi klinik belgilar bilan tavsiflanadi:
-
oyoq panjasi oldingi qismining kaft tomonga egilishi (ekvinus);
-
asosan kaft oldi va tovonning oyoq panjasi , kaft tomoni bilan ichkariga buralishi (supinatsiya);
-
oyoq panjasi oldingi qismining ichkariga keltirilishi (adduktsiya)
Tugma maymoqlikdagi tovonning uziga hos holatidan tashqari, boldirning ichkariga buralishi, boldir oyoq panjasi bugimida harakatning cheklanishi kuzatiladi. Bola yura boshlaganidan keyin maymoqlik belgilari kuchayib boradi va oyoq panjasining tashqi sathidagi terida qadoq (natoptish) hosil buladi, oyoq panjasi suyaklari bir-biriga nisbatan siljib, yangi bug’im sathi hosil buladi, eskilari tog’ay sathining atrofiyasi tufayli bushab qoladi.
Maymoqlik kasalligi bilan og’rigan bolalar bir oyoq panjasi ustidan ikkinchi oyoq panjasini oshirib qadam tashlaydilar. Boldir mushaklari atrofiyaga uchraganligi uchun ozg’in kurinadi. Tizza bug’imi tug’rilanib, komati tupa-tugri holatni olib, nomutanosib va shoshmay yuradi.Klinika. Olimlarning tug’ma maymoqlik to’g’risidagi zamonaviy qarashlari shunga asoslanganki, kasallik negizida tovonning pay-muskul, kapsula-boylam va suyak bo’gim apparati tomonidan bo’ladigan chuqur struktur o’zgarishlar yotadi.Shuning uchun ham maymoqlikda deformatsiya og’irligi yuqoridagi keltirib o’tilgan to’qimalardagi o’zgarishlar darajasi bilan bog’liq. Tipik tug’ma maymoqlikda tovondagi deformatsiyaning og’irligini to’g’ri baholash maqsadida 3 ta daraja ajratiladi: yengil, o’rta va og’ir. Tug’ma maymoqlikning yengil darajasi qo’l bilan korreksiyada erkin bartaraf etiladigan barcha deformatsiya komponentlaridan iborat.
O’rta daraja – maymoqlikning barcha nomponentlariga ega, biroq qo’l bilan korreksiyada alohida deformatsiya elementlari saqlanadi va gipsli bog’lam yoki boshqa fiksatsiyalovchi moslamalar bilan qiyin tutib turiladi. Konservativ davolash:Tug’ma maymoqlikni davolash usullari shifokordan professional tayyorgarlik va ota-onalarga korrigirlovchi bog’lam qo’yilgandan keyin bolani parvarishlashni o’rgatishni talab etadi. Ilgari shu usul ma’lum ediki, 10 kunlikkacha chaqaloqqa korrigirlovchi gimnastika va Fink-Ettingen usulida yumshoq boylamlar bilan tovon fiksatsiya qilinishi kerak edi.Biroq amaliyot shuni ko’rsatdiki, bu muolajalar kutilgan natija bermadi, chunki yumshoq fiksatsiyalovchi bog’lamlar chaqaloq tovonini yetarli darajada to’g’ri holatda ushlab tura olmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tug’ruqxonadan so’ng darhol bosqichli korrigirlovchi gips bog’lamlar qo’yishga kirishish kerak. Bosqichli gips bog’lamlari tovonning fiksatsiyasini ta’minlasa, bog’lamlarni alishtirish oralig’idagi fizioterapevtik muolajalar va tovon mushaklari gimnastikasi esa nerv-mushak apparati tonusini saqlab turadi va ikkala oyoqning ham bir xilda rivojlanishini ta’minlaydi. Bolaning yoshi va tovon deformatsiyasining og’irlik darajasiga ko’ra davolash bosqichlarining turli muddatlari va gipsli bog’lamning fiksatsiya davrlari tayinlanadi. Bola qanchalik kichik yoshda bo’lsa gipsli bog’lamlarni almashtirish muddati ham shunchalik qisqa, fizioterapevtik muolajalar va SHJT hisobiga aktiv korrelyatsiya vaqti esa ortadi. Bosqichli gipsli bog’lamlar bilan davolash maymoqlik komponentlari to’liq bartaraf etilgandan keyin , tovonning tog’ri holatiga turg’un erishilgandan so’nggina to’xtatiladi. O’z vaqtida boshlangan va to’g’ri olib borilgan davolashda bolaning 6-7 oylik vaqtida tovonlar deformatsiyasini yo’qotish mumkin. Keyinchalik esa bolaga ortopedik oyoq kiyimlar kiydirish, tunda esa atsetonli kichik shinalar qo’yish maqsadga muvofiqdir. Ortopedik qurilmalar bilan bir qatorda yana mushaklar tonusini keyinchalik ham saqlab turish va tovonning to’g’ri rivojlanishi maqsadida fizioterapevtik davolash usullari ham tavsiya etiladi. Biroq barcha konservativ usulda davolanganlar ham to’liq tuzalavermaydi va tovonning qoldiq deformatsiyasi holatlari ham uchraydi. Agar konservativ davo erta yoshda regulyar boshlansa, 60-70% hollarda sog’ayish bo’lib, qolganlar esa operativ davoga muhtojdirlar.
Operativ davolash: Kompression-distraksion usul maymoqlikning barcha elementlarini yo’qotishda nisbatan ratsional usul hisoblanadi.Kompression-distraksion usul tug’ma maymoqlikni davolashda konservativ davolashning davomi hisoblanib, unda deformatsiya komponentlarini bosqichli bartaraf etish o’rnini yumshoq to’qima qarshiligi bilan bir qatorda suyak-bo’g’im o’zgarishlarini korreksiyalashning dozalangan usuli egallagan. Tovonning va yuqori qismlarning og’ir suyak-mushak deformatsiyalarida, shuningdek, kata yoshli bolalarda kompression-distraksion usul avaylovchi jarrohlik va stabillovchi operativ davolashda tayyorlash bosqichi bo’lib xizmat qiladi. Kompression-distraksion usul maymoqlikning hamma elementlarini qonsiz va ortiqcha qiyinchiliklarsiz tovonning pay-mushak, kapsula-boylam va suyak-bo’g’im apparatini shikastlamasdan turib davolash imkonini beradi. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, compression-distraksion usulni 1,5-2 yoshdan boshlab va tug’ma maymoqlikning barcha retsidiv holatlarida qo’llash mumkin.Og’ir darajali torsiya holatlarida klinika konstruksiya apparati Ilizarov apparati bilan birgalikda qo’llaniladi, juda og’ir holatlarda kata yoshdagi bolalar guruhlarida torsiya korreksiyasi uchun panja usti sharnir osteotomiyasi bajariladi. 2-3 sm gacha bo’lgan kaltaliklar boldir suyaklarining kortikotomiyasi hisobiga distraksiya yo’li bilan korrigirlanadi. Retsidivga moyillik bo’lganda kata yoshli bolalarda stabillovchi operatsiyalar: boldir- tovon bo’g’imi lavsanodezi va oshiq suyagi osti artrodezi.
Tug’ma mushakli qiyshiq buyin kasalligi tayanch-harakat apparati tug’ma kasalliklari orasida uchrash darajasiga kura (5-12% gacha) uchinchi urinda turadi. Kupincha, qizlarda uchrab, ung tomonlama bulishi aniqlangan.
Klinika. Bola hayotining dastlabki 7-10 kunlarida yaqqol kuzga kurinadigan deformatsiya juda kam aniqlanadi. Lekin 3-haftadan boshlab to’sh-o’mrov-surgichsimon mushaklaridan bittasi uzgaradi. Uning urta qismi qattiqlashadi. Uzgargan mushak tomonga kallaning qiyshayishi , yuzning qarama-qarshi tomonga burilishi kuzga tashlanadi.kalla harakati cheklanadi. Agar to’sh-o’mrov-surgichsimon mushagining uzgarishi unchalik katta bulmasa, kallani tugri holatga keltirish mumkin. Mushak anchagina yugonlashganda kallani tugrilash mumkin emas. Bundan tashqari, yuz va kalla asimmetriyasi, kalla tomonda buyindagi gorizontal burmaning bulmasligi va boshka simptomlar kuzatiladi. Odatda deformatsiya eshi ulgaygan sari zurayadi va 3-6 eshga borganda aniq kurinadigan buladi. Bola oldingi tomondan kurilganda buyin asimmetriyasi (kallaning egilgan tomonga qarama-qarshi burilganligi) seziladi. Uzgargan mushak tomondan qaralganda yelka sathining ancha yuqori turishi , yuz va kalla asimmetriyasi kuzatiladi. Orqa tomondan kurilganda kalla tomonda kurak va yelka sathining ancha yuqori turishi, buyin asimmetriyasi kuzatiladi.
qiyshiq buyinlik kuchaysa, skolioz hosil buladi. Agar mushakning to’sh tolasi kuchli jarohatlangan bulsa,kallaning burilishi, umrov tolasi kuproq jarohatlangan bulsa, qiyshayishi kuproq buladi.
Juda kam hollarda ikki tomonlama mushakli tugma qiyshiq buyinlik uchraydi. Bunda ikki tomonda ham to’sh-o’mrov-surgichsimon mushaklari qisqarib, tortishadi. Kalla orqa tomonga tashlanib,ensa orqaga yaqinlashadi.
Dostları ilə paylaş: |