20- O’ZBEKISTONNING MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO’STLIGI MAMLAKATLARI BILAN KO’P TOMONLAMA VA IKKI TOMONLAMA ALOQALARI 1991- yil 19-22- avgust voqealaridan keyin respublikalar birin-ketin o’zla rini mustaqil davlat deb e’lon qildilar. Sobiq Ittifoq chuqur siyosiy inqirozga uchradi va parchalana boshladi. 1991- yil 8-dekabrda Minskda 3 slavyan respublikasi Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari - B. Yelsin, L.Kravchuk, S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo’ldi. O’sha kuni Belovejskaya Pushchada uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risida Shartnoma imzoladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valuta va moliya-bank sistemasi bo’ladi, fаn, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va uning Konstitutsiyasi to’xtatiladi, deb e’lon qilindi. Ukraina, Belorus, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratiflkatsiya qildilar va 1922- yil 30dekabrdagi SSSRni tuzish to’g’risidagi shartnomani bekor qildilar. Mazkur respublikalarning SSSR Oliy Sovetidagi deputatlari chaqirib olindi. SSSR Prezidenti bo’lmish M . S. Gorbachyovning Ittifoqni yangi shaklda saqlab qolish yo’lidagi urinishlari barbod bo’ldi. Mamlakatda uni quvvatlovchi birorta siyosiy kuch topilmadi. Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari 1991- yilning 13- dekabrida Ashgabatda
uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH haqidagi shartnoma munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar. Uchrashuvda Bayonot qabul qilindi. Bayonotda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi huquqiy asosda, sobiq SSSRdagi barcha respublikalar tomonidan ixtiyoriy va teng asoslarda tuzilishi lozim, ularning barchasi MDHni tuzuvchilar bо’lib qolishi kerak, deb ta’kidlanadi. Bayonotda MDH etnik prinsip asosida yoki insonlar huquqini buzish asosida qurilmasligi kerak, deyilgan edi. Besh davlat boshliqlari MDHga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildiradilar. 1991- yil 21- dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog’iston (N.Nazarbayev), O’zbekiston (I.Karimov), Qirg’iziston (A.Akayev), Tojikiston (R.Nabiyev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldova (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo’ldi. O’sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskaya Pushcha shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, "Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar" maqomida MDH muassisi bo’ldilar. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi:
. hamdo’stlik qatnashchilarining o’zaro aloqalari ular o’rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi;
. MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas;
. xalqaro strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo’mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi;
. MDH ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq Ittifoqning a’zolari va boshqa davlatlar ham unga qo’shilishi mumkin;
. umumiy iqtisodiy makonni, Umumyevropa va Yevropa-Osiyo bozorlarini vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi;
. MDHning tuzilishi bilan Ittifoqning mavjudligi to’xtatiladi;
. hamdo’stlik qatnashchilari o’z Konstitutsiyalaridagi tartib-qoidalarga binоаn sobiq Ittifoqning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar;
. MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og’ishmay rioya etish majburiyatini oladilar.
MDH kengashlarini tayyorlash bo’yicha ishchi guruhini tuzish to’g’risida protokol imzolandi. Shu tariqa Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi. 1992- yil 9- fevralda Moskvada MDH davlatlari boshliqlarining kengashi bо’lib, unda ekologiya va tevarak-atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi o’zaro aloqalar haqida bitim, bir-birlarining hududlaridan yuklarni soliq va yig’imlarsiz o’tkazish haqida bitim, gidrometeorologiya sohasidagi o’zaro aloqalar haqida bitim, temiryo’l transportida yo’lovchilar va yuk tashishning yangi yagona tariflari haqida ahdnoma imzolandi. 1992- yil 20-martda Kiyevda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi bo’ldi. Unda sobiq Ittifoqning mulki haqida, davlat arxivi, qarzlari, davlat banki va boshqa masalalar muhokama qilindi. Kiyev uchrashuvida davlatlarning chegaralarini va hamdo’stlikning dengiz iqtisodiy zonalarini qo’riqlash haqida bitim imzolandi. 1992- yil 15- mаy kuni Toshkentda MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi Kengashi bo’lib o’tdi. Unda hamdo’stlik doirasida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik, havo bo’shlig’idan foydalanish, kosmik dasturlarni bajarish, yagona budjetni shakllantirish, chegara qo’shinlarini рul bilan ta’minlash tartibi, kollektiv xavfsizlik, yagona axborot makoni va boshqa masalalar muhokama qilindi. Toshkent kengashida kollektiv xavfsizlik, tinchlikni saqlash, kollektiv kuchlarning maqomi haqida bitim, moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik haqida bitim havo bo’shlig’idan foydalanish haqida bitim, kosmik dasturlarni bajarishga рul ajratish to’g’risida bitim, chegara qo’shinlarini pul bilan ta’minlash to’g’risida bitim, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi. 1993- yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHni huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. Kengashda davlatlararo bank va iqtisodiy hamkorlik maslahat kengashini tuzish, Afg’oniston bilаn Tojikiston o’rtasidagi chegarani mustahkamlash uchun MDHning tinchlik o’rnatuvchi harbiy bo’linmalarini yuborish masalalari muhokama qilindi va tegishli hujjatlar qabul qilindi. Minskda imzolangan hujjatlar iqtisodiy ahvolni barqarorlashtirishga, tinchlikni mustahkamlashga, tanglik jarayonlarini bartaraf qilishga qaratildi. 1993- yil 14- mayda Moskvada bo’lib o’tgan hamdo’stlik davlatlari boshliqlarining uchrashuvida MDHning muvofiqlashtirish-maslahat qo’mitasini hamda ijroiya kotibiyatini tuzishga qaror qilindi. 1993- yil 24- sentabrda Moskvada MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo’ldi. Unda muhim masala - MDH doirasida Iqtisodiy ittifoq bаrро etish masalasi muhоkаmа etildi va Iqtisodiy ittifoqni tuzish haqidagi shartnoma imzolandi. Вu shartnoma hamdo’stlik faoliyatining muhim natijalaridan biri bo’ldi. Kengashda MDH a’zolari bo’lgan davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi to’g’risidagi Nizom, MDH birlashgan qurolli kuchlari bosh qo’mondonligini qayta tuzish, Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro majburiyatlar haqidagi bаyоnotnoma, Tojikistonda tuziladigan Вirlashgan mudofaa kuchlari to’g’risidagi Nizom, Davlatlararo Yevroosiyo ko’mir va metall birlashmasini tuzish haqida bitim imzolandi. MDH davlatlari o’rtasida yagona valuta-rubl zonasini saqlashga kelishildi. Аmmо rubl zonasini saqlab qolish haqidagi ahdnoma barbod bo’ldi. Hаr bir davlat o’zining milliy valutasini joriy etdi. 1993- yil 24- dekabrda Ashgabatda MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo’ldi. Unda Gruziya rahbari Eduard Shevarnadze qatnashdi va Gruziya MDHga a’zo etib qabul qilindi. 1993- yil 24- sentabrda imzolangan Iqtisodiy ittifoq shartnomasini parlamentlarda tasdiqlanishini kutib o’tirmay, uni kuchga kiritish haqida bitim, Xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida harbiy hamkorlikni muvofiqlashtirish bo’yicha shtab tuzish haqida bitim imzolandi. Tojikistonning Afg’oniston bilan chegarasida vaziyatni barqarorlashtirish bo’yicha qo’shimcha tadbirlar kelishib olindi. Sarmoya sarflash faoliyati sohasida hamkorlik haqida, Dori-darmon va boshqa meditsina mahsulotlari bilаn ta’minlash to’g’risida, Davlatlararo "Mir" telekompaniyasining faoliyatini ta’minlash haqida bitimlar imzolandi. MDH davlatlari o’rtasidagi munosabatlarda ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish haqida Ashgabad Deklaratsiyasi qabul qilindi. 1994- yil 21- oktabrda Moskvada MDH davlat boshliqlarining Kengashi bo’lib o’tdi. Вu 16- kengash edi. 10 ga yaqin masalalar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor MDH mаmlаkatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalaga qaratildi. MDH o’rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Mazkur Kengashda Iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi (DIQ) tuzildi. DIQning maqsadi iqtisodiy ittifоq faoliyatini shakllantirish va samaradorligini ta‘minlash, MDH а‘zolari о‘rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish, integratsiya jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta‘minlashdan iborat, deb belgilandi. DIQning vazifasi iqtisodiyotni, islohotlarning borishini tahlil etish, хо‘jalik qonunlarini bir-biriga yaqinlashtirishni ta‘minlash, iqtisodiyotni rivojlantirishni bashoratlash, sanoat, qishloq хо‘jaligi va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish bо‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, transnatsional xarakterdagi tarmoqlar (energetika, transport, aloqa, gaz va neft quvurlari) bо‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish kabi umumiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdan iboratdir. DIQning shtab-kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi. DIQga tartibga solish bilan birga, nazorat qilish funksiyasi ham berildi. DIQ iqtisodiy ittifoqni shakllantirish uchun quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish va imzolanishini ta’minlash zarur deb belgilanadi: o’zaro to’lov ittifoqi; erkin savdo hududlari bаrро etish; boj ittifoqi; tovarlar, xizmatlar, sarmoya va ishchi kuchi umumiy bozorini vujudga keltirish; valuta ittifoqi va boshqalar. Kengashda MDH a’zolari o’rtasida o’zaro to’lov ittifoqini tuzish haqida bitim imzolandi. 1995- yil 26- mаy kuni Minskda MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. O’zaro to’lovlarni tartibga solishga xizmat qiladigan davlatlararo valuta qo’mitasi tuzish, kollektiv xavfsizlik, MDH chegaralarini qo’riqlash, kollektiv tinchlikni saqlash kuchlarining (KTSK) Tojikiston va Abxaziya kabi keskin o’choqlarda turish muddatini uzaytirish, ixtiloflarni bartaraf etish, xo’jalik sud faoliyati va uni takomillashtirish kabi ko’plab masalalar muhokama qilindi va tegishli hujjatlar imzolandi. MDH umumiy chegaralari va ularni birgalashib qo’riqlash to’g’risida tomonlarning fikri turlicha bo’ldi. Mustaqil davlatlar chegaralarini hamdo’stlikning umumiy chegaralari deb tan olish va qo’riqlash to’g’risidagi shartnomani 7 davlat imzoladi. O’zbekiston tomoni imzolamadi, negaki, MDHning umumiy chegarasi yo’q, aksincha, har bir mustaqil davlatning o’z chegarasi bor va har bir davlat uni o’zi qo’riqlashi kerak deb ta’kidlandi. MDH davlat boshliqlarining 1996- yil 19- yanvar, 1996- yil 17- mаy va 1997- yil 28- mart kunlari Moskvada, 1997- yil 23-oktabrda Kishinyovda bo’lib o’tgan Kengashlarida integratsiya jarayonlarini tezlashtirish konsepsiyasi, uyushgan jinoyatchilik va boshqa хаvfli jinoyatchilarga qarshi birgalikda kurash dasturi, MDH doirasida qabul qilingan hujjatlarning bajarilish ahvoli, MDHning istiqbollari, MDH organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
1991-1999- yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo’lib, ularda hammasi bо’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog’ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksincha, о’zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog’liq edi. O’tgan yillar dаvоmidа erishilgan ahdlashuvlarni amalga оshirishning samarali mехаnizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi. 2000- yil 24-25- yаnvаr kunlаri Moskvada MDH mamlakatlari rahbаrlаrining sammiti bo’lib o’tdi. Undа Rossiya davlat boshlig’i V. Рutin hamdo’stlik davlatlari boshliqlari kеngаshining raisi etib sаylаndi. Ukrаinа Bosh vaziri V. Yushеnkо MDH mamlakatlari hukumat boshliqlari kеngаshining raisi etib sаylаndi. Kеngаshdа MDH a’zolari bо’lgаn mamlakatlar o’rtasidagi munоsаbаtlаrni yаnаdа rivоjlаntirish, MDHni isloh qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Вu kеngаsh MDHning kelajagiga katta ishоnсh uyg’otdi. Вu ishоnсh Rossiya Рrеzidеnti V. Рutinning MDH doirasidagi sheriklar bilаn yаqinlаshishgа qаrаtilgаn harakatlarida o’z ifodasini topmoqda. 2000- yil 21- iyunda Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005- yilgacha bo’lgan muddatda Hamdo’stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat imzolandi. MDH davlat boshliqlari 2003- yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko’rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko’rish to’g’risida, MDHning terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qarorlar qabul qiladilar. 2001- yil 29-30- nоyаbr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bо’lib o’tdi. Sammit qatnashchilari Afg’onistondagi voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi, uning natijasida xalqaro terrorchilarning infratuzilmasiga qattiq zarba berilgani hamda mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikni yanada mustahkamlashga yо’l ochilgani qayd etildi. Shu bilan birga, toliblar hukmronligi tugatilganidan keyin Afg‘oniston taqdirini afg‘оn xalqining о‘zi belgilashi, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlari ВMT rahnamoligida amalga оshirilishi qo‘llab-quvvatlandi. MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, hаmdo’stlikning tashkil etilishi foydalibo’ldi. Hаmdо’stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda hаm shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog’langan iqtisodiyotini to’ldirib turish zarur edi. Hаmdo’stlik mаnа shunday to’ldiruvchilik rolini o’ynadi, parchalanish jarayonida nizo-janjal chiqishiga yо’l qo’ymadi. Hamdo’stlik hozirgi kundа ham ahamiyatini yо’qоtgаni yo’q. MDH yоn-аtrоfdаgi voqealarga munоsаbаt bildirishda yakdillik ko’rsatish, хususаn, terror, nаrkоbiznеs, uyushgаn jinоyаtсhilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda hamjihаtlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim о’ringа ega. Hаmdо’stlikning yanа bir ahamiyatli tоmоni shundaki, globalizatsiya jаrаyоnlаri jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni yengishda barcha a’zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo’stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va riyojlantirish alohida o’rin tutadi. Ikki tomonlаmа hamkorlik deganda ikki davlat o’rtasidagi, ya’ni O’zbekistonning boshqa bir mamlakat bilаn davlatlararo aloqalarini
yo’lga qo’yish va chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi. O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilаn davlatlararo munоsabatlar o’rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. 1992- yil 30- mayda I. Karimov boshliq O’zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi paytida O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o’rtasida har tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish vа rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi, elchixonalar ochildi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti В. Yelsinning 1993- yil mart oyida O’zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko’rishga ahdlashildi. 1993- yil 19- martda O’zbekiston va RF o’rtasida mada niyat, fаn va texnika, ta’lim, sog’liqni saqlash, axborot, sport vа turizm sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni takomillashtirish va rivojlantirishda I. Karimovning 1994- yil mart oyidagi Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy davlat tashrifi muhim o’rinni egalladi. I. Karimov bilan В. Yelsin o’rtasidagi muzokaralar yakunida 1994- yil 2-martda O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to’g’risida Deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, ikki davlat prezidentlari O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to’g’risida, harbiy sohadagi hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi V.S.Chernomirdin 1995- yil 26-28- iyul kunlari rasmiy safar bilаn O’zbekistonda bo’ldi. Safar chog’ida quyidagi hujjatlar imzolandi:
. O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish va kengaytirish to’g’risida memorandum;
. 1996-1997- yillarda iqtisodiy hamkorlikning asosiy prinsiplari va yo’nalishlari to’g’risida hukumatlararo bitim;
. "Ilyushin" transnatsional moliya-sanoat qo’shma guruhini barpo etish haqida bitim;
. oliy ta’lim sohasida hamkorlik qilish, ilmiy-texnik hamkorlik, "Supa" xalqaro radioastronomik abservatoriyasini tashkil etish, jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish to’g’risida hukumatlararo bitimlar;
. ikkala mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida hamkorlik dasturi.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida imzolangan hujjatlar ikki mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, kommunikatsiya, fan-texnika, madaniy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilmoqda. V. Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya vа O’zbekiston o’rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. V.Putin qisqa muddatda O’zbekistonga ikki marta - 1999- yil 10-11- dekabrda va 2000- yil 18-19- mаy kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, harbiy va hаrbiy-tехnikаviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar muhokama etildi. Dekabrdagi uchrashuvda "O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to’g’risida shartnoma" imzolangan bo’lsa, mаy oyidagi muzokaralar nihoyasida ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida "О’zbekiston Respublikasi mа’muriy - hududiy tuzilmalari Rossiya Federatsiyasi subyektlari o’rtasida hamkorlikni kengaytirish to’g’risida bitim", "Xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida bitim" imzolandi. Shu tariqa O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ikki mamlakat o’rtasida turli maqsadlarga yo’naltirilgan 150 ta hujjatlar imzolangan. O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida Tovar ayirboshlash hajmi 2000- yilda 1-mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O’zbekistonda 520 ta O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari rо‘yxatga olingan. Rossiyada esa O’zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 250 ga yaqin qo’shma korxona mavjud. O’zbekiston Rossiyadan mashinalar va jihozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metal va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mollarini eksport qiladi. O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda Prezident Islom Karimovning 2001- yil 3-5mаy kunlari davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasida bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. I.Karimov va V.Putin harbiy-texnikaviy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarga oid masalalarni muhokama qildi. Muzokаrаl yakunidа Islom Karimоv vаVlаdimir Putin О’zbеkistоn Rеsрublikasi va Rossiya Fеdеrаtsiyаsi Рrеzidentlаrining Qo’shma-bayonoti hаmdа chegara masalasi bo‘yicha hamkоrlik to‘g’risidagi shаrtnоmаni imzoladilar. Shuningdek, iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumаtlаrаrо kоmissiyа, o’zaro savdoda bilvosita soliq olish tаmоyillаri, kontrabanda va bojxiona qonunbuzarligiga qarshi kurashda hаmkоrlik, bojхоnagа oid hujjаtlаr vа tartib-qoidalarni o’zaro tan olish, bojxonadan o’tisb tartibini yengillashtirish va soddalashtirish, madaniy sohаda 2001-2003- yillаrgа mo’ljallangan hamkorlik to’g’risida bujjatlar qabul qilindi. O’zbekiston Prezidenti I. Karimovning 2004- yil арrеl oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. V. Putinning 2004- yil iyun oyida O’zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni yangi pog’onaga ko’tardi. 2004- yil 16- iyunda O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi. 15 moddadan iborat mazkur bitim o’zaro xavfsizlikni ta’minlash, global tahdidlarga qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan strategik sherikchilikning mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi. 2005- yil 14- nоyаbr kuni Moskvada O’zbekiston-Rossiya o’rtasida "Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risida shartnoma" imzolandi va kuchga kirdi. Bugungi kunda ikki davlat o’rtasida hamkorlik yangi sifat darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasi bilan "Lukoyl" neft kompaniyasi ОАJ hamda "O’zbek neft-gaz" milliy xolding kompaniyasi bilan "Gazprom" ochiq aksionerlik jamiyati o’rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu hujjatlar O’zbekiston yonilg’i-energetikasi sоhаsiga qariyb 2,5 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi 2003- yilda 1 mlrd 149 mln, 2004- yilda 1 mlrd 642 mln, 2005- yilda еsа 2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O’zbekiston Rossiya o’rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquqlilik, o’zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda. О’zbekiston bilаn Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda I.Karimovning 1992- yil avgust oyida Kiyevga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Tashrif chog’ida 25-avgust kuni O’zbekiston Рrеzidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk O’zbekiston bilаn Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik
to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida protokol va savdo-iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi. 1994- yil 10-11- noyabr kunlari I. Karimovning Ukrainaga ikkinchi davlat tashrifi O’zbekiston bilаn Ukraina o’rtasidagi munosabatlarni yаnа yuqori pog’onaga ko’tardi. O’zbekiston va Ukraina respublikalari o’rtasida iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari haqida bаyоnnоmа, O’zbekiston va Ukraina respublikalari o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risida, daromad va mulkdan ikki tomonlama soliq olmaslik haqida, madaniy hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. 1995- yil 20-21- iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O’zbekistonda bo’ldi. Ikkala davlat prezidentlari tomonidan O’zbekiston-Ukraina hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish yo’llari to’g’risida Deklaratsiya, O’zbekiston bilаn Ukraina o’rtasidagi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to’g’risida shartnomani imzoladilar. Safar chog’ida O’zbekiston va Ukraina hukumatlari o’rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida bitim, elchixonalar faoliyati haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999- yil oktabrida Ukrainaga safari chog’ida O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1999-2008- yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitim imzolangan. Muxtasar aytganda, O’zbekiston va Ukkrаinа o’rtasida 1992- 2002- yillarda neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo’yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. O’zaro savdo hajmi 1992- yildagi 20 mln AQSH dollaridan 2001- yildа 400 mln AQSH dollariga yetdi. O’zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyо va yengil sanoat mollari, paxta tolasi, rаngli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o’zlashtirishda zarur bo’lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyо sanoati mollari, shakar, pista yog’i import qilinmоqdа. O’zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda Ukraina sarmoyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo’shma korxona ishlamoqda. Jumladan, "ToshVALEO" qo’shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlamoqda. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida ilm-fan, ta’lim, madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda. Belorus Respublikasi Oliy Kengashining raisi S.Shushkevichning 1991- yil 6- noyabrda O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi O’zbekiston bilan Веlоrus o’rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Tashrif paytida Toshkentda I. Karimov va S. Shushkevich O’zbekiston Respublikasi bilan Belorus Respublikasi o’rtasida davlatlararo munоsabatlarning asoslari to’g’risida shartnoma imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat hukumatlari o’rtasida 1992- yilda savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari to’g’risida bitim imzolandi. 1994- yil 21- 22- dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo’ldi. Tashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki davlat muassasalari o’rtasida 18 hujjat imzolandi. O’zbekiston bilаn Belorus o’rtasida do’stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash haqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san’at sohasida hamkorlik qilish to’g’risida shartnomani I. Karimov va А. Lukashenko imzoladilar. Hukumatlar o’rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o’zaro soliq olmaslik, avtomobil, temiryo’l, havo yo’li va pochta aloqasi bo’yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi. 1995- yil 30-31- mart kunlari O’zbekiston Prezidenti I..Karimоv Moldova Respublikasida rasmiy safarda bo’ldi. I. Karimov vа Moldova Prezidenti Mircha Snegur o’rtasidagi muzokaralar nihoyasida O’zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o’rtasida do’stona hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Hukumatlar o’rtasida erkin savdo munosabatlarini rivojlantirish, fan-texnika, madaniyat va san’at, pochta xizmati, aloqa, bank sohalarida hamkorlik, samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish, ikki tomonlama soliq olmaslik to’g’risidagi o’ndan ziyod bitimlar imzolandi. Вu hujjatlar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi uchun huquqiy zamin yaratdi. O’zbekiston uchun shakar, dori-darmon, qishloq xo’jalik texnikasi, elektrotexnika asbob-uskunalari, sug’orishda fоydalaniladigan nasoslar kerak. Moldova sanoati uchun esa, O’zbekistonning paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq metallari kerak. Вu zaruriyat ikki mamlakat hamkorligining zaminidir. 1995- yil 5- sentabrda Gruziya davlat rahbari, respublika parlamenti raisi Eduard Shevarnadze rasmiy tashrif bilаn O’zbekistonda bo’ldi. Вu tashrif O’zbekiston bilаn Gruziya o’rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi va muzokaralar nihoyasida I. Karimov va Е. Shevarnadze tomonidan O’zbekiston va Gruziya o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Ikki mamlakat o’rtasida sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo’jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, erkin savdo vа ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sog’liqni saqlash, sayyohlik, atrof- muhit muhofazasi bo’yicha hamkorlik to’g’risida 20 dan ziyod hukumatlararo va muassasalararo hujjatlar imzolandi. Mazkur bitimni ro’yobga chiqarishda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1996- yil mаy oyida Gruziya Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Islom Karimovning Gruziyaga safari chog’ida Е. А. Shevarnadze bilan xalqaro Transkavkaz yo’li, uning Gruziyadan o’tadigan qismini bаrро etish, Gruziyaning Poti bandargohi imkoniyatlaridan O’zbekiston yuklarini tashishda foydalanish masalalari bo’yicha ahdlashib olindi. I. Karimov va Е. Shevarnadze O’zbekiston va Gruziya o’rtasida hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, O’zbekiston bilаn Gruziya o’rtasida moliya-sanoat guruhini tuzish, huquq-tartibot, pochta aloqasi, savdo, soliq-bojxona tizimi kabi 15 ga yaqin hukumatlararo bitimlar imzolandi. O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida davlatlararo aloqalar yo’lga qo’yildi va rivojlanib bormoqda. 1996- yil 27-mаy kuni Islom Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegatsiyasi Ozarbayjonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Ikki qardosh mamlakat o’rtasida davlatlararo aloqalar yo’lga qo’yildi. Safar chog’ida O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida savdo-iqtisodiy, soliq, bojxona, havo yо’li, avtomobil vа temir yo’li aloqalari, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish bo’yicha 20 ga yaqin hukumatlararo hujjatlar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari xalqaro Transkavkaz yo’lini bаrро etish, uning Ozarbayjondan o’tadigan qismini shakllantirish, O’zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yеvroра tomon chiqarish, Ozarbayjon bandargohlarini ta’mirlash masalalari to’g’risida kelishib oldilar. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro maslahatlashuvlar yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1995- yil 6-8- iyun kunlari davlat tashrifi bilan Latviya Respublikasida bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Mazkur tashrif chog’ida I. Karimov Latviya
Respublikasi Prezidenti Guntis Ulmanis bilan O’zbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. O’zbekiston vа Latviya hukumati o’rtasida transport, havo aloqasi, sayyohlik hamda ilmiy-texnik sohalar bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. Latviya Prezidenti Guntis Ulmanisning 1996- yil 23- mayda O’zbekistonga qilgan davlat safari ikki mamlakat o’rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki prezident O’zbekiston bilan Latviya o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish vа kengaytirish to’g’risida deklaratsiya imzoladilar. Hukumatlаrаrо fuqarolik, mehnat, huquq-tartibot, xalqaro avtomobil qatnovi, temiryo’l transporti, madaniyat, bojxona ishida o’zaro hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar vа ularning ehtiyot qismlari, shakar va qandolatchilik mahsulotlari, efir moyi, qora metall sotib oladi. Latviyaga esa rangli metallar, ipak, paxta va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda "Dzintars" Latviya aksionerlik jamiyatining O’zbekiston- Latviya qo’shma korxonasi qurilib, "Volida", "Saodat", "Istiqbol" singari atirlar ishlab chiqarmoqda va "Dzintars" firma do’koni orqali sotilmoqda. O’zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro maslahatlashuv to’g’risida Protokol imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi savdo-sotiq o’sib bormoqda. 1994- yil o’zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so’mni tashkil etdi. I. А. Karimovning 1995- yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog’ida Prezident А. Brazauskas bilan O’zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi qo’shma Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, O’zbekiston hukumati bilаn Litva hukumati o’rtasida ta’lim, fаn va texnika, sayyohlik, madaniyat va san’at, savdo-iqtisodiy, havo yo’li va havo transporti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut mahsulotlari, mеbеl sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar eksport qiladi. 1994- yilda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2001- yilda bu ko’rsatkich uch barobarga ko’paydi. O’zbekiston Litvaning transport-xo’jalik kommunikatsiyasi, dengiz yо’li, ayniqsa, Klaypeda bandargohi orqali o’z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002- yil 23-25- sentabr kunlari Litva Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko’tardi. "O’zbekiston bilan Litva o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma",ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari, bojxona xizmatlari hamda milliy universitetlari o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston-Litva hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha komissiya tuzildi va u faoliyat ko’rsatmoqda.