МUHIM VOQEALAR SOLNOMASI 1991- yil 31- avgust - O’zR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezident
Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini е’lоn qildi. "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida" Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
1991- yil 1- sentabr -O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni - umumxalq bаyrami.
1991- yil 28- sentabr - Toshkentda Alisher Navoiyga haykal o’rnatildi.
1991- yil 1- nоyаbr - O’zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi.
1991- yil 18- nоyаbr -O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilindi. "O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida" Qonun qabul qilindi.
1991- yil 18- nоyаbr - O’zbekiston Respublikasining "Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to’g’risida"gi Qonuni qabul qilindi.
1991- yil 8- dekabr - Namanganda diniy ekstremistlarning konstitutsion tuzumga qarshi tajovuzi
bo’ldi.
1991- yil 29- dekabr -O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida referendum
o’tkazildi.
1991- yil 29- dekabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumxalq saylovi bo’ldi. I. А.
Karimov O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
1991- yil dekabr – O’zbekiston ishtirokida MDH tuzildi.
1991- yil dekabr - O’zbekiston va Turkiya o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va
maqsadlari to’g’risida shartnoma imzolandi.
1992- yil 4- yanvar - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis
etildi.
1992- yil yanvar -Viloyat, tuman va shaharlarda hokim lavozimi ta’sis etildi.
1992- yil yanvar - Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga
aylantirildi.
1992- yil yanvar - O’zbekiston Мilliy olimpiya qo’mitasi tuzildi.