1994- yil 1- iyul - O’zbekiston Respublikasining milliy valutasi - so’m (1 so’m kursi 1000 so’m-
kuponga tenglashtirilgan holda) muomalaga kiritildi.
1994- yil iyul - O’zbekiston NATO ning "Tinchlik yo’lida hamkorlik" dasturiga qo’shildi.
1994- yil 1- sentabr - GFR poytaxti Bonnda O’zbekistonning Yevropada birinchi elchixonasi
ochildi.
1994- yil 22- sentabr - "O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisi to’g’risida" Qonun qabul qilindi.
1994- yil oktabr - Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.
1994- yil 4-25- oktabar - O’zbekiston va Xitoy o’rtasida o’zaro munosabatlarning asosiy
prinsiplari, o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish to’g’risida bayonnoma
imzolandi.
1994- yil 25- dekabr - O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisiga birinchi bor saylovlar bо’lib o’tdi.
1995- yil 18- fevral - "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tuzildi.
1995- yil 23-24- fevral - Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining birinchi
sessiyasi bо’lib o’tdi. Е. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi еtib saylandi.
1995- yil 23- fevral -Inson huquqlari bo’yicha Оliy Majlis vakili (ombudsman) instituti ta’sis etildi.
1995- yil 26- mart - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddatini 1997 - yildan 2000
yilgacha uzaytirish bo’yicha referendum o’tkazildi.
1995- yil mаy -"Xalq birligi" harakati tashkil topdi.
1995- yil - "Zarafshon- Nyumont" qo’shma korxonasi ishga tushirildi.
1995- yil 3- iyun - Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuzildi.
1995- yil iyul - Toshkentda ЕХHT ning mintaqaviy byurosi ochildi.
1995- yil 21- noyabr Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topdi.
1995- yil 21- dekabr O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirda "Davlat tili to’g’risida"gi Qonuni
qabul qilindi.