1992- yil 10- dekabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
1993- yil 14- yanvar - Vatan himoyachilari kuni.
1993- yil маy – O’zbekiston va Hindiston o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik
prinsiplari to’g’risida shartnоmа imzolandi.
1993- yil 2- sentabr - O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
to’g’risida"gi Qonuni qabul qilindi. 1999- yil14- aprelda esa u yangi tahrirda qabul
qilindi.
1993- yil sentabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ВМT Bosh Assambleyasining
48- sessiyasida nutq so’zladi.
1993- yil sentabr - Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi.
1993- yil oktabr -Toshkentda ВМT ning vakolatxonasi ochildi.
1993- yil 28-30- oktabr - O’zbekiston bilan Fransiya o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida
shartnoma imzolandi. O’zbekiston Prezidenti Parij Xartiyasini imzoladi.
1993- yil 29- oktabr - O’zbekiston YUNESKO ga a’zolikka qabul qilindi.
1993- yil 1- noyabr - O’zbekistonda aholi qo’lidagi rubl o’rniga so’m-kupon (1 so’m-kupon 1
rublga tenglashtirilgan holda) muоmalaga kiritildi.
1993- yil 22-25- noyabr - O’zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya Qirolligi o’rtasida
o’zaro iqtisodiy aloqalar to’g’risida shartnoma imzolandi.
1993- yil 28- dekabr - "O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisiga saylovlar to’g’risida" Qonun qabul
qilindi.
1994- yil aprel -Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi tuzildi.
1994- yil 30- aprel - Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati tashkiloti tashkil topdi.
1994- yil 5- mаy - "O’zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" ordeni ta’sis etildi.
1994- yil 16-19- mаy - O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi munosabatlarning asosiy prinsiplari
to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi.