O`zbekiston tarixi fanining predmeti va o`rganish obekti gulnoza Shavkatovna Roximova Xorazm viloyati, Shovot tumani, 26-maktab Annotatsiya



Yüklə 206,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix05.01.2023
ölçüsü206,29 Kb.
#78494
  1   2
o-zbekiston-tarixi-fanining-predmeti-va-o-rganish-obekti



O`ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI VA O`RGANISH OBEKTI 
 
Gulnoza Shavkatovna Roximova 
Xorazm viloyati, Shovot tumani, 26-maktab
 
Annotatsiya: Tarix-arabcha so`z bo`lib, “tadqiq etish”, “tekshirish”, “voqealar 
haqida aniq xikoya qilish” ma`nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning 
uzoq o`tmishdan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. Tarix fani 
ijtimoiy taraqqiyot va o`tmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi, 
ularning qachon, qayerda, qanday xolatda yuz berganligi hamda insoniyatning paydo 
bo`lish, tadrijiy-evolyutsion takomil jarayoni va boshqalarni o`rganadi. 
Kalit so’zlar: tarix, fanning predmeti, etnografik materiallar. 
SUBJECT AND STUDY OF HISTORY OF UZBEKISTAN 
Gulnoza Shavkatovna Roximova 
Khorezm region, Shovot district, School 26 
Abstract: History is an Arabic word meaning "research", "investigation", 
"accurate narration of events". History is a science about people, about their life 
experiences that have come down to us from the distant past. The science of history 
studies the social development and the gradual development of various events of the 
past, when, where and in what state they took place, as well as the emergence of 
mankind, the process of evolutionary development and more. 
Keywords: history, subject, ethnographic materials. 
O`zbekiston tarixi fani umumjahon insoniyat tarixining ajrolmas qismi 
hisoblanadi. O`zbekiston tarixi fani o`tmishdagi va hozirgi kundagi hududidagi eng 
qadimgi davrlardan hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat 
taraqqiyoti haqidagi fandir. O`zbekiston tarixi fani uning o`tmishidagi va hozirgi 
hudidida eng qadimgi davrlardan hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, 
tabiat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi fan. 
O`zbek xalqining ezgu orzusi ro`yobga chiqib, o`z mustaqilligini qo`lga kiritdi. 
Mustaqillik tufayli uning boy madaniy o`tmishidan saboq olish, vatan tarixini 
chuqurroq va izchil tadqiq etish va qimmatli xulosalar chiqarish alohida ahamiyat 
kasb etmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning “...tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu 
xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi 
bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan kishining kelajagi ham bo`lmaydi”, - deganlari 
ayni haqiqatdir.
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
367


O`zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning uzoq o`tmishdan shu 
kunlargacha bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma`naviy taraqqiyoti 
jarayonidir. O`zbekiston tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo`lgan 
o`zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va ma`naviy taraqqiyotini o`rganuvchi 
va o`rgatuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O`zbekistonda yashab 
kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo`shib 
kelmoqdalar. O`zbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo 
erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga 
qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o`zining chuqur ildiz otgan an`analariga 
egadir. 
O`zbekiston tarixi fanining manbalari quyidagilardan iborat: 
1. Arxeologik yodgorliklar. 
2. Yozma yodgorliklar. 
3. Etnografik materiallar. 
4. Xalq og`zaki ijodi. 
5. Texnik vositalar.
O`zbekiston tarixi fani o`rganishda uning oldiga quyidagi vazifalari: 1.Vatan 
tarixini o`qish va o`rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy 
tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog`i lozim. Chunki voqea va hodisalarni 
bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bo`lmasdan turib g`oyaviy-
siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas; 2.Vatan tarixini yoritish, 
o`qitish va o`rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning 
ustivorligi asosiy va bosh yo`nalish bo`lishi lozim; 3. Vatan tarixining har bir satri
har bir varag`i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug`orilgan bo`lishi va milliy 
g`oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor; 4. Vatan 
tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g`oya-otashin vatanparvarlik, 
baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug` fazilatlarga qaratilmog`i kerak; 5. Vatan 
tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy 
qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va 
zamon bilan hamnafas bo`lmog`i ayni muddaodir. 
O`zbekiston tarixi fanini quyidagi davrlarga bo`lib o`rganamiz:
1. Ibtidoiy jamiyat. Qadimgi davr; 
2. O`rta asrlar davri; 
3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri; 
4. Sovetlar istibdodi davri; 
5. Milliy istiqlol davri. 
Tarixiy voqealarni o`rganishda qanday ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga 
tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar davrida uni o`qitish ishlari marksistik 
metodologiyaga bo`ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga komfirqa 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
368


mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshildi. Mamlakat, 
butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatatorlar va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar 
va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va 
kambag`allar, mulkdorlar va yo`qsillar tarziga bo`lindi. Boylar va mulkdorlar, ular 
orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar qoralandi, 
nomlari badnom qilindi. 
Tarixiy voqealar jamiyat a`zolarining bir qismi-kambag`allar va yo`qsillarni 
himoya qilgan, ularning manfaatiga bo`ysundirilgan holda yoritildi. Din, diniy 
qadriyatlar qoralandi, insonlarning diniy e`tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar 
quvg`inga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma`rifatparvar shoiru-ulamolar, 
yozuvchilar ikkiga-materialistlar va idealistlarga bo`lindi. Ulardan u yoki bu dinga 
e`tiqod qilganlari idealist deb ataldi, ta`qib etildi, ularning faoliyatini o`rganish 
ta`qiqlandi, o`zlari tahqirlandi, asarlari halqdan yashirildi, yo`qotib yuborildi. 
Oqibatda ko`pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o`tmish qoralandi, 
ma`naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni 
jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari deb o`rgatildi. Xalqimiz tarixining bu qadar 
soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor, deyish 
kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo`lgan totalitar tuzumning 
salbiy roli katta bo`ldi. Tarix esa shu totalitar tuzumning xizmatkoriga, targ`ibotchi 
va himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi.
Vatanimiz tarixini yoritishda ilgari xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilgan. 
Avvalo, shuni aytish kerakki, ilgari bizda “Vatan tarixi” (“O`zbekiston tarixi” deb 
tushuning) degan narsaning o`zi deyarli yo`q edi. Faqat universitet va muallimlar 
tayyorlash o`quv yurtlarining tarix fakulptetlarida 70-100 soatlik qisqa kurs o`qitilar, 
o`rta maktablarda Vatan tarixidan bir necha mavzulargina SSSR tarixi mavzulariga 
ilova sifatida berilgan. Darslar rus tilida olib boriladigan sinflarda O`zbekiston tarixi 
turli bahonalar bilan o`qitilmagan. 
Birinchi xato shundan iborat ediki, hamma joyda ham o`zi “SSSR tarixi” deb 
atalgan bu fan aslida, deyarli Rossiya tarixidan iborat bo`lgan. Ikkinchi xato-
Vatanimizda sodir bo`lgan tarixiy hodisa va voqealar zo`rma-zo`raki, ma`lum sun`iy 
qoliplarga solib o`rganilar edi. Bulardan biri - formatsion qolip. So`nggi ilg`or ilmiy 
tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, Vatanimizda quldorlik munosabatlari formatsiya 
sifatida, ya`ni ma`lum ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sifatida bo`lgan emas.
1992 yil “O`qituvchi” nashriyotida o`rta maktablarning 8-9 sinf o`quvchilari 
uchun materiallar sifatida nashr qilingan “O`zbekiston xalqlari tarixi” kitobida 
quyidagi jumlalarni o`qiymiz: “Quldorlik munosabatlari O`rta Osiyo aholisi turli 
qatlamlari va guruhlarida muhim o`rinni tutgan emas. Ishlab chiqarishda, ayniqsa 
qishloq xo`jaligida qullar emas, balki erkin jamoachilar bari bir yetakchi ahamiyat 
kasb etgan”.
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
369


Totalitar tuzum sharoitida Vatan tarixini yozishda yo`l qo`yilgan xatolarning 
uchinchisi, Rossiya tarixnavisligiga ko`r-ko`rona moslashish, taqlidchilik va 
ko`chirmachilikdir. Bu borada ikkita tendensiyani ko`ramiz: 1.O`zbekiston tarixini 
davrlarga bo`lish hamda tarixiy hodisa va voqealarni baholashda rusiyzabon 
tarixchilarga taqlid qilish va ulardan ko`chirish tendensiyasi. Masalan, hozirgi 
O`zbekiston hududiga 1917 yil inqilobidan keyin biror bir davlat qo`shin tortib 
kelmagani holda, ilgari nashr qilingan barcha darslik va qo`llanmalarda “O`zbekiston 
chet el intervensiyasi va fuqarolar urushi davrida” deb atalmish mavzular bor edi. 
Faqat Zakaspiy o`lkasida, u ham bo`lsa, yetti oycha intervensiya bo`lgan xolos. 
O`zbekiston hududiga kelgan bir necha josus intervensiya tushunchasiga sig`maydi. 
Yana, Rossiya tarixidan ko`chirib, bizda ham fuqarolar urushi 1918 yil may-iyun` 
oylarida boshlanib, asosan, 1920 yilda tugallandi, deyilardi. Bu mutlaqo noto`g`ri. 
Qo`qondagi Turkiston Muxtoriyati (“Qo`qon Muxtoriyati”) kuchlariga qarshi hujum 
1918 yil 30 yanvardan 31 yanvarga (yangi hisobda - 11 fevraldan 12 fevralga) o`tar 
kechasi sodir bo`lgan. Ana shu sana O`zbekistonda fuqarolar urushi emas, sho`rolar 
hokimiyatiga qarshi qurolli harakat boshlangan kun deb sanalishi kerak.
Aslida sho`rolar hokimiyatiga qarshi qurolli harakat asosan 1923 yilning oxirlari 
- 1924 yil boshlariga kelib tugadi, deb aytish uchun to`la asos bor, desak to`g`ri 
bo`ladi. Aslida bu harakat 1935 yili to`la tugatilgan. 2.O`zbekiston tarixini 
yoritganda, birinchi navbatda Moskvaning-rus shovinist olimlarining ko`nglini 
ovlash, ularning diliga ozor bermaslikka intilish tendensiyasi. Bu tendensiyaning 
mohiyatini ochish uchun quyidagi misolni keltirish o`rinlidir. Bu misol Amir Temur 
va G`arb masalasiga aloqador. 
Bizga Ma`lumki, Amir Temurni Yevropa tanigan va unga tan bergan. Vizantiya 
imperatori Immanuil, Fransiya qiroli Karl, Angliya qiroli Genrix va Ispaniya qiroli 
Genrix II Amir Temur bilan aloqa o`rnatishga intilganlar, elchilar yuborganlar 
(Klavixo), xatlar yozganlar. Ular turk sultoni Boyazid Yildirimning Yevropaga 
yurishiga halaqit bera oladigan yagona qudratli kuch Amir Temur deb hisoblaganlar 
va yalinib-yolvorib yordam so`raganlar.
Bu hodisa XIII asr oxiri XIV asr boshlarida sodir bo`ldi. G`arbiy Yevropa 
Rossiyani risoladagi davlat deb, rus podshosi Pyotr I ni risoladagi davlat arbobi deb, 
faqat XVIII asr boshlariga kelib tan oldi. Amir Temur G`arbiy Yevropa tomonidan 
Buyuk Pyotrdan 300 yil oldin tan olingan. Bu tarixiy haqiqat shovinist rus 
tarixchilariga ma`qul tushmagan, chunki mustamlakachi davlatlar, shu jumladan 
Rossiya chorizmi ham jahon afkor ommasini aldar edi, biz qoloq, yarim yovvoyi 
xalqlarni qanotimiz ostiga olib, ularni sivilizatsiya sari olib boramiz deb o`z 
bosqinchiligining haqiqiy mohiyatini yashirar edi. 
G`arbiy Yevropa tan olgan Amir Temurning qudratli davlati va buyuk shaxsi 
ana shu mustamlakachilik falsafasiga to`g`ri kelmas edi. Shuning uchun bu fakt 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
370


tarixiy asarlarimizga kirmadi. O`zbek tarixchilari bu haqda so`z ochishga hayiqdilar, 
"moskvalik ustozlari"ni ranjitishni istamadilar. Temurni ulug`lash, birinchidan, 
”millatchilikka” kirar edi, ikkinchi tomondan Rossiyaga va Buyuk Pyotrga 
hurmatsizlik edi. “Bu qanday gapki, - o`ylardi shovinistlar, - Pyotr I ni XVIII asrda 
zo`rg`a tan olgan G`arbiy Yevropa, 300 yil avval qandaydir osiyolik Temurga 
sig`insa?!” Tarixni yoritish ana shunday mantiqqa asoslanar edi. 
Ikkinchi misol, ilgari nashr qilingan kitoblarimizga qarasak, Eron 
bosqinchilariga, makedoniyalik Iskandarga, arab istilosiga va mo`g`ul zulmiga qarshi 
mislsiz qahramonlik ko`rsatib kurashgan xalqimiz chorizm bosqiniga qarshi, deyarli 
hecham kurashmapti. Haqiqat esa bunday emas. Xalqimiz istilochilarga qarshi keskin 
kurash olib borgan. Kurashganda ham tengsiz janglarda o`ta qahramonlik 
ko`rsatishgan. M: 1852-1853 yillarda Oqmachit (hozirgi Qizil O`rda) - Qo`qon 
xonligining eng chekka qal`asining qahramonlarcha kurashi, 1865 yil Toshkent 
mudofaasi qahramonlikning yuksak namunasi bo`ldi. 1864 yilgi hujumi 
sharmandalarcha barbod bo`lgach, general Chernyayev Niyozbek qal`asini egallab, 
Toshkentga suv va don o`tkazmay qo`ydi. Bu haqda Toshkent mudofaasining 
shohidi, “Tarixi jadidi Toshkent” kitobining muallifi tarixchi Muhammad Solih 
Toshkandiy shunday deb yozgan: “General Chernyayev Toshkentni ... 42 kun suvsiz, 
oziq-ovqatsiz qoldirdi... Toshkent fuqarosi vatani va dini uchun qattiq turdilar ... 
ochlik va tashnalikka qaramay, toshkentliklar mardona jang qildilar”. 
1865 y. 15 mayga o`tar kechasi rus qo`shinlari xoldan toygan Toshkentga 
bostirib kirdilar. Shundan so`ng ham uch kun ko`cha janglari davom etdi. Yana bir 
misol, 1886 yil 2 maydan 8 iyungacha davom etgan Samarqand qo`zg`oloni rus 
generallarini tahlikaga solib qo`ydi. Kuch jihatidan ustun bo`lgan general Kaufman 
xoldan toygan mujohidlarni zo`r qiyinchilik bilan yengdi va qo`lga tushgan 
qo`zg`olonchilarning hammasini qatl qildi. 
Qo`qon xonligini olish ham oson bo`lmadi. Bu haqda Turkistonning birinchi 
general-gubernatori Fon Kaufmanning o`zi shunday deb yozgan edi: “Biz xon bilan 
emas, balki xalq bilan to`qnashdik, uni bostirish oson bo`lmadi. Ruslar hali O`rta 
Osiyoda bunday (Qo`qondagidek) uzoq va qattiq qarshilikka duch kelmagan edilar”.
“O`zbekiston tarixi” fanining hozirgi mustaqilligimizni mustahkamlash, komil 
insonni tarbiyalashdagi roli mislsizdir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I. Karimov 
tarix fani taqdiriga qiziqib, uni rivojlantirish, buning uchun esa tarixiy tadqiqotlarni 
to`g`ri yo`lga solib yuborish ishida tashabbus ko`rsatmoqdalar. 
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida 
“O`zbekistonning yangi tarixini yaratish markazini tashkil etish to`g`risida”gi 
Farmoni, 1996 yilning 16 dekabrida esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
371


Mahkamasining “O`zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish 
to`g`risida" qarori e`lon qilindi.
Bu qarorda Vatan tarixini yoritishning ilmiy-metodologik yo`nalishlari ko`rsatib 
berildi. Bu yo`nalishlar quyidagilardan iborat: 
- xalqimiz o`tmishidagi millat taqdiri bilan bog`liq bo`lgan tarixiy jarayonlarni 
chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish; 
- O`zbekistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy 
taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik 
tamoyillariga amal qilish; 
- O`zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat 
qadriyatlariga munosib hissa qo`shganligini e`tirof etgan holda o`ziga xos davlat 
qurilishi an`analari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligini hisobga olish; 
- “O`zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo`limlarini yozishda 
biryoqlama, subyektiv yondoshuvlarga yo`l qo`ymasdan holisona tadqiqot usuliga 
amal qilish;
- “O`zbekiston tarixi"ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko`xna Turoni-
zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo`lganligini yodda saqlash: 
- O`zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo`lgan ijtimoiy-tarixiy 
voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog`liq ekanligini va 
ularning bir-biriga o`zaro ta`sirini hisobga olish; 
- tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va 
o`tmishni soxtalashtirishga yo`l qo`ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash; 
- yoshlarni milliy istiqlol g`oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida 
tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini e`tiborga olish. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi 
Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`irisida”gi 1998 
yil 27 iyulda e`lon qilingan qarori Respublikamizda tarix fanining qaytadan tiklanishi 
va rivojlanishida tarixiy voqea bo`ldi. Qarorda 
Vatanimizda 
tarix 
fanining 
rivojlanishini ta`minlaydigan ishlarni tashkiliy jihatdan qayta qurish, texnikaviy 
jihozlash, kadrlar tayyorlash; bu ishlarni mablag` bilan ta`minlash chora-tadbirlari 
belgilangan.
Bu chora-tadbirlar, asosan, bir narsaga - “O`zbek xalqi va uning davlatchiligi 
haqqoniy tarixini o`rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar 
tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi e`tirofiga erishish, 
ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar 
yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash”ni ta`minlash va bu ishda Fanlar Akademiyasi Tarix instituti 
faoliyatining bosh maqsadi bo`lishi kerak, deb ko`rsatilgan. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
372



Yüklə 206,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin