O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


-yil da Amudaryoning chap sohilida,  Qunduz



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

1363-yil
da Amudaryoning chap sohilida, 
Qunduz 
shahri yonida umumiy dushman ustidan g‘alaba 
qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar 
Ilyosxo‘ja
boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. 
Nihoyat 
1364-yil oxiri
da ular mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan 
quvib chiqaradilar.
Biroq Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan 
Ilyos xo‘ja
1365-yilning bahori
da yana Movarounnahr ustiga 
qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 
1365-yil 22-may 
kuni 
Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida 
sodir bo‘ladi. Tarixda u 
“Loy jangi” 
nomi bilan shuhrat topadi. 
Chunki o‘sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka 
aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan.
Jangda 
Amir Temur
qo‘shini g‘olibona harakat qilib, dush-
man qo‘shinining o‘ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan 
bir paytda 
Husayn
o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga 
tashlamay, jang maydonini tark etadi. 
Amir Temur
chekinishga 
majbur bo‘ladi.
Bu g‘alabadan so‘ng 
Ilyosxo‘ja 
hech qanday qarshilikka 
uchramay, 
Xo‘jand
va 
Jizzax
shaharlarini egallab, 
Samarqand
ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo‘shin bo‘lmasa-da, xalq 
shahar mudofaasini o‘z qo‘liga oladi. Uzoq davom etgan 
mo‘g‘ul lar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan bu xalq harakati 
tarixda 
Sarbadorlar harakati 
nomi bilan shuhrat topadi.
Samarqand sarbadorlari.
 
Sarbadorlar harakati 
XIV asr-
ning 60-yillari
da Movarounnahrda mo‘g‘ul xonlarining hujumi 
munosabati bilan vujudga keldi. Samarqand sarba 
dorlariga 
mu dar ris 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin