O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Amir Temurning yoshlik davri



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Amir Temurning yoshlik davri.
 
Amir Temur
Kesh 
viloyatidgi 
Xoja Ilg‘or
qishlog‘i (Yakkabog‘ tumani)da 
1336-yil 9-aprel
kuni tavallud topgan. Uning to‘liq ismi 
Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul
. Amir 
Temurning onasi 
Takina xotun 
Kesh yurtining obro‘li beka 
(bek og‘o)laridan hisoblangan. Uning otasi 
Amir Tarag‘ay
barlos
urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib, ajdodlari Kesh va 
Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda 
hokimlik qilgan.
Amir Temur
ning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. 
Amir Tarag‘ay
o‘g‘lini yoshligidan aslzodalarga yarasha 
o‘qitgan va har 
taraflama bilim bergan: katta-kichik bilan 
muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan. Yosh 


110
Temurni yetti yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar. U 
madrasaga kelganda alifbodan mukammal xabardor bo‘lgan. 
O‘n ikki yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak 
o‘yinlardan voz kechib, keyinchalik o‘z tengqurlari bilan 
sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullanadi. 
Amir Temur
yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo‘lib, 
kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va 
harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi. Shu 
asnoda 
Amir Temur
tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir 
chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning 
atrofiga bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari to‘planishib, 
birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-
sekin navkar bo‘lishib, harbiy guruhga birlashib borishardi. 
Keyinchalik ular 
Amir Temur
ning safdoshlariga aylanib, uning 
qo‘shinida lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar.
Shunday qilib, 
Amir Temur 
o‘z zamonisining o‘qimishli va 
uquvli hukmdorlaridan bo‘lib yetishadi. Tibbiyot, matematika, 
falakiyot, me’morchilik va tarix ilmidan ham yaxshigina 
xabardor bo‘lgan. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin