67
bermadi. Urush boshlanishi arafasida bo‘lgan
harbiy kengashda
ular o‘rtasidagi kelishmovchilik yaqqol namoyon bo‘ldi. Ken-
gashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yak dillik
bilan belgilab olish o‘rniga fikrlar bo‘linib ketdi.
Sul ton
Muhammad
ning
og‘li
Jaloliddin
, Xo‘jand hokimi
Temur
Malik
singari sarkardalar harbiy kuchlarini asosiy
nuqtalarga
to‘plab, dushmanga zarba berishni taklif etadilar. Biroq Sulton
katta qo‘shinni bir joyga to‘plashdan qo‘rqar edi. Sulton
nazarida bir joyga to‘plangan qo‘shin uni taxtdan ag‘darib
tashlashi mumkin edi. Shuning
uchun ham harbiy kengashda
sulton o‘z qo‘shinlarini turli shaharlarga bo‘lib yuborib,
urushda mudofaa taktikasini qo‘llashga qaror qiladi. Shu tariqa
mamlakat katta xavf ostida qoldi.
O‘tror qamali.
1219-yilning kuzi
da
Chingizxon
Xorazm-
shohga qarshi yurish boshlaydi.
Chingizxon
ning o‘trorliklardan
o‘chi borligidan mo‘g‘ullar qo‘shini dastlab Sirdaryo bo‘yida
joylashgan
O‘tror
shahri ustiga yurish qildi.
O‘tror
mustahkam
qal’ali chegara shahar edi. Qal’a
noibi
G‘oyirxon
(Inolchiq) va
sarkarda
Qoracha Hojib
boshchiligida mo‘g‘ullarga qarshi jang
qildilar. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali
5 oy
davom etgan.
O‘tror mudofaasining eng og‘ir paytida
Qoracha Hojib
o‘z
qo‘shini bilan shahar darvozasidan chiqib, mo‘g‘ullarga taslim
bo‘lgan. Biroq xiyonatkorlarni mo‘g‘ullar ham kechirishmagan.
Ular
Dostları ilə paylaş: