O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Ibn Kafroj Bug‘ro
ni ikki 


65
ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan Xorazmshoh huzuriga 
elchi qilib yuboradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan ayb-
dorlarni jazo 
lashni va Inolchiqni tuttirib, uning ixtiyoriga 
jo‘na tishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga 
javo ban elchini o‘ldirishni va u bilan birga kelgan ikkita mu-
lozimning soqol-mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib 
yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar 
o‘rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari tamomila 
uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu voqea har 
ikki buyuk davlatlar o‘rtasida urush boshlanishiga bahona 
bo‘ldi.
Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi.
 
XIII 
asrning boshlari
da Xorazmshohlar saltanati qo‘shinining 
umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha 
oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati siyo 
siy, xususan, 
ma’muriy boshqaruv jiha tidan mustahkam emas edi. Chunki, 
mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o‘z 
vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o‘zbo-
shimchalik bilan o‘z bilganlaricha yo‘l tutar edilar. Hatto 
ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo‘ysunib, 
amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy 
dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, 
Turkon 
xotun
, ya’ni “
turklar onasi
” nomi bilan shuhrat topgan 
Sulton Muhammadning volidasi qo‘shinning oliy sarkardalari 
hisoblangan qipchoq oqsuyaklari bilan urug‘-qabila aloqalari 
orqali mahkam bog‘langan edi. U o‘z qabiladoshlari manfaati 
yo‘lida saroyda ko‘tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, 
hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg‘unlashtirib 
qo‘ygan edi.
Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi 
ku chayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi. 
Bun day o‘ta xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin