O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Chingizxon
G‘azna
ga 
as 
kar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor 
etadi. 
Jaloliddin
tengsiz janglar olib borib, 
Sind 
(Hind) daryosi 
qirg‘oq lariga yaqinlashib boradi. Daryo bo‘yida 
1221-yilning 
25-noyabri
da ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ladi. 
Jaloliddin_taslim_bo‘lishni_xohlamay_otda_Sind'>Jaloliddin
Chingizxon
qo‘shinining ilg‘orini yengadi. Mo‘g‘ullarning 
pis tir malarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni 
yakunlaydi. 
Jaloliddin
taslim bo‘lishni xohlamay otda 
Sind
daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o‘tadi. U bilan birga 
uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oladi. 
Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni 
“Ot sakrash”

narigi tomoni 
“Cho‘li Jaloliy” 
deb ataladi. 
Jaloliddin
ning 
jasoratiga qoyil qolgan 
Chingizxon
uni ta’qib qilish fikridan 
qaytadi. Hatto, u o‘g‘illariga qarab: 
“Ota o‘g‘il mana shunday 
bo‘lishi lozim”, 
– degan ekan. 
Chingizxon
bungacha hech bir 
shoh, hukmdor yoki sarkardaga tan bermagan va hech kimni 
o‘ziga munosib raqib ko‘rmagan edi. 
Mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari.
Mo‘g‘ullar istilosi oqi-
ba 
tida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod 
deh qonchilik viloyatlari halokatga uchradi. Gavjum va ko‘rkam 
shahar lar, ayniqsa, 
Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, 
Banokat, Xo‘jand 
va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv 
vohasining sug‘orish tarmoqlarining bosh to‘g‘oni – mashhur 
Sultonband 
buzib tashlandi.
Samarqandliklar o‘z ona shaharlarini tark etib chiqib ket-
dilar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qish loq- 
larni tashlab, o‘zga yerlarga borib joylashdi. Urganch suvga 
bostirilib, batamom vayron etildi. Xorazm va Movarounnahrning 
ziroatchi aholisi soni keskin kamayib ketishi oqibatida ekin 
maydonlari jiddiy qisqarib, dehqonchilik inqirozga uchraydi.
Mohir hunarmandlar g‘oliblarning yurtini obod etish uchun 
majburan Mo‘g‘ulistonga yuborildi. Butun Sharqda shuhrat 


73
topgan qurol-aslaha yasash, nafis ipak matolar to‘qish, naqshli 
shishasozlik hunarmandchiligi barham topdi.
Asrlar davomida Xitoy va Hindistondan Turkiston orqali 
Kichik Osiyo va Yevropa tomon kesib o‘tgan mashhur Ipak 
yo‘li mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay harakatsiz qoldi. Bu 
davrda ilm va ma’rifatga juda katta ziyon yetkazildi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin