O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Elchilik aloqalari.
 
Anqara yaqinida turklarning 160 ming 
kishilik qo‘shini ustidan qozonilgan buyuk g‘alabadan so‘ng 
Amir Temurning G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan bo‘lgan 
aloqalarining mazmuni tubdan o‘zgaradi. endilikda Amir 
Temur ular bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va 


125
o‘zaro savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga 
ahamiyat beradi.
Amir Temur 
1402-yil yozi
da Fransiya va Angliyaga maxsus 
elchilar orqali 
Karl VI
va 
Genrix IV
nomlariga maktublar 
yo‘llaydi. elchilar Parijga 
1403-yil 
may oyida yetib boradilar. 
elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo 
munosabatlari olib borilishini ta’minlash va agar qirol hamda 
gersoglar rozi bo‘lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki 
shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. 
Fransiya qiroli 
Karl VI
1403-yil 15-iyun
da Amir Temurga 
yo‘llagan javob maktubidan ma’lum bo‘lishicha, Amir Temur 
takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan.
Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli 
Genrix IV 
bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida 
g‘arbiy viloyatlar hokimi 
Mironshoh 
faol qatnashdi. G‘arbiy 
eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonni o‘z ichiga olgan mulklar 
hokimi 
Mironshoh
Amir Temurning keksayib qolgan davrida 
G‘arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga 
jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo 
aloqalarini jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylariga 
xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash 
borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G‘arbda 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin