O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

1371–1390-yillar
da 
olib borgan yetti harbiy yurishdan keyin Mo‘g‘ulistonda 
tinchlik o‘rnatish va uni o‘zining ta’sir doirasiga kiritib olishga 
muvaffaq bo‘ldi. 


123
Misr bilan aloqalar.
Amir Temur bilan Misr sultoni 
Bar-
quq
o‘rtasidagi rasmiy aloqalar 
1385-yil
dan boshlangan edi. 
1386–1405-yillar
mobaynida Amir Temur va Misr sultonlari, 
shuningdek ularning Suriyadagi noiblari o‘rtasida taxminan 
25 marta maktub va elchilar almashuvi bo‘ldi. Amir Temur 
Misr sultoni 
Barquq
bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilishi, 
savdogar va tijorat ahllari bemalol bordi-keldilarini amalga 
oshirishlari, bundan keyin o‘rtada hech qanaqa ixtilof va adovat 
harakatari bo‘lmasligi haqida takliflar bildirib o‘z elchilarini 
jo‘natgan edi. Biroq 
Sulton Barquq
Amir Temur jo‘natgan 
elchilarni qatl etib, takliflarni rad etadi. Keyinchalik Amir 
Temur Sulton Boyazid ustidan g‘alaba qozongach, Misr o‘z 
itoatkorligini izhor etadi. 
Oltin O‘rda bilan munosabatlar.
Amir Temur yordamida 
To‘xtamish
Oltin O‘rda taxtiga kelgan bo‘lsa-da, uning Mova-
rounnahrga talonchilik yurishlari avj oldi. Bundan tashqari, 
To‘xtamishxon Misr, Iroq va Turkiya bilan harbiy ittifoq tuzib, 
Amir Temurga zarba bermoqchi bo‘ldi. 
1384-yil
da To‘xta-
mishxonning elchisi Misr sultoni 
Barquq
bilan uchrashuvda 
Amir Temurni yo‘q qilish taklifini kiritadi. Bunday taklifga shu 
yili Misrga kelgan Turkiya va Sivas elchilari mamlakatlari Amir 
Temurga qarshi bo‘lgan harbiy ittifoqqa qo‘shilishini aytdilar. 
Turkiya, Misr va Oltin O‘rdaning o‘zaro yaqinlashuvi Amir 
Temur davlatiga jiddiy xavf tug‘dirardi. Shuning uchun Amir 
Temur bu harbiy ittifoq harakatga kelishiga yo‘l qo‘ymadi. 
Amir Temur ittifoqchilarni bittadan safdan chiqarish siyosatini 
tutdi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin