O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

B. D. Grekov
va 
A.Y.Yaku bovskiy-
lar 
ning ta’kidlashicha, Amir Temurning To‘xtamish ustidan 
qo 
zongan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki 


120
butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining 
birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. 
Amir Temur o‘z saltanatining janubiy chegaralarini mustah-
kamlash va kengaytirish maqsadida 
Eron

Ozarbayjon

Iroq

Shom
(Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar 
tarixda 
uch yillik, besh yillik 
va 
yetti yillik urushlar 
deb nom 
olgan. 
Amir Temur o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lib, moli omon 
to‘lagan shaharlarga tegmagan, qo‘shinlarni bunday shaharlarga 
kiritmagan. 
1398–1399-yillar
da Hindistonga yurish qiladi va 
Dehlini egallaydi.
Keng ko‘lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron 
Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati 
chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur usmonli turklar sultoni 
Boyazid yildirim 
bilan munosabatni yaxshilash tarafdori 
bo‘lgan. Boyazid 
qoraqo‘yunlar, muzaffariylar, jaloyiriy
larning 
Amir Temurga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan. Buning 
natijasida ikki davlat o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lishi muqarrar 
bo‘lib qoldi.
Amir Temur bilan 
Sulton Boyazid
qo‘shinlari o‘rtasidagi 
hal qiluvchi jang 
1402-yil 20-iyul
da Anqara yaqinida, Chubuq 
mavzeyida sodir bo‘ladi. Bu jang tarixda 
“Anqara jangi” 
deb 
ataladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari 
turk qo‘shinini tor-mor etadi. 
Sulton Boyazid
asirga olinadi.
Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir 
Temur ni Fransiya, Angliya hamda Kastiliya va Leon qirollari 
tab 
rik 
lab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki 
Sohib 
qiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf 
solib tur 
gan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun 
Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. 
Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin