iqtisodiy hayot mavzusiga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiring. Qishloq xo‘jaligi Hunarmandchilik Tashqi savdo Pul birliklari 16-§. G‘AZNAVIyLAR Tayanch tushunchalar: g‘aznaviylar, Mahmud G‘aznaviy, Ma’sud G‘aznaviy, boshqaruv tizimi, ilm-fan va madaniyat. G‘aznaviylar hukmronligi. Mamlakatda sodir bo‘lgan
og‘ir davrda Somoniylar davlatining turk hojiblaridan iborat
saroy qo‘shinining siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki
harbiy va mudofaa ishlari to‘la ular qo‘lida edi. Turkiy
sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy amirlari aksariyat
iqtidorli lashkar boshilarni
hojib ul-hujob yoki
hojib ul- buzruk kabi oliy harbiy mansablarga tayinlab, ularga hatto
ayrim viloyatlarni boshqarish huquqini berganlar.
962–963-yillar da G‘aznaviloyatini
Alptegin noib va
lash
kar amiri sifatida boshqargan. U G‘azna va Kobul vilo-
yatlarini mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga
asos solgan. Mazkur yosh turkiy davlatning poytaxti
G‘azna shahrida qaror topgan. G‘aznaviylarning siyosiy nufuzi
So buq- tegin davrida (977–997) ortib, somoniylar tomonidan e’ti
rof
etilgan.
Mahmud G‘aznaviy davrida (997–1030) esa uning
hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga
aylangan. Somoniylar sulolasi barham topgach,
Mahmud G‘aznaviy Xuroson hududini, so‘ng Xorazm davlatini (1017)
ham o‘z saltanatiga qo‘shib olgan. Ammo
Ma’sud G‘aznaviy davrida (1030–1040) mamlakat viloyatlari birin-ketin qo‘ldan
chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan. Oqibatda
1186-yil da G‘az-
naviylar davlati butunlay tugatilgan.