O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Qoracha Hojib 
va uning askarlarini qatl etishgan.
G‘oyirxon 
o‘zini Chingizxon savdogarlari va sarbonlarini 
o‘ldirishda ayb 
dor his qilib, so‘nggi nafasigacha dushmanga 
qarshi kura shadi. U
 
boshliq mudofaachilarning bir qismi O‘tror 
arkiga joylashib olib, mudofaani yana bir oygacha davom 
ettiradilar. 
G‘oyirxon
qurshovga olinib, asirga tu 
shiriladi va 
Samarqandga olib borib, qiynab o‘ldiriladi.
Buxoro fojiasi
.
 1220-yilning fevrali
da 
Chingizxon
musul-
mon sharqidagi yirik madaniy markaz Buxo ro ustiga qo‘shin 
tashlaydi. Buxoro qamali 
12 kun
davom etdi. Buxoro dushman 
kuchini qaytarishga tayyor emas edi. 
1220-yilning 16-fevrali
da 
mo‘g‘ullar tomonidan Buxoro egallanib, talon-toroj etiladi. 
Behisob xazinalar talanadi, asriy qo‘lyozma asarlar, muqaddas 


68
kitoblar yirtilib, gulxanga uloqtiriladi. Ilm va ma’rifat egalari 
bo‘lgan ulamolar va shayxlar mo‘ g‘ul jangchilariga xizmatkor 
qilib beriladi. 
Chingizxon
amri bilan Buxoro yoqib yuboriladi.
Samarqand jangi
.
Buxoro zabt etilgach, 
1220-yilning 
mart oyi
da mo‘ 
g‘ullar Movarounnahrning eng mashhur va 
yirik shahri bo‘lgan Samarqand tomon yo‘l oladi. 
Chingizxon
shahardan tashqarida joylashgan 
Ko‘ksaroy 
qasridan turib 
shaharni qamal qilish ishiga boshchilik qiladi. Shahar ostonasida 
uch kun shiddatli janglar davom etadi.
Uch kunlik qattiq qarshilikdan so‘ng, 
Chingizxon
hiyla 
ishlatishga majbur bo‘ldi. Qang‘li qo‘shinlariga u shahar 
olingach omonlik va’da qildi. Ular taslim bo‘lib, shahar talan-
gach, 30 minglik qang‘li qo‘shini qolgan himoyachilari ham 
qirib tashlanadi. Samarqand mo‘ g‘ullar tomonidan egallangach, 
Buxoro kabi vayron etilib, yoqib yuboriladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin