142
Ular naqshinkor eshiklar,
panjaralar, ustun
lar, toq-ravoq-
lar,
xontaxtalar, kursilar va boshqa xil ko‘pdan ko‘p jihoz-
lar yasaganlar. Go‘ri Amir va Shohizindaning oyatlar bitil gan
naqshinkor eshiklari XV asr xalq ustalarining yog‘och o‘yma-
korligi san’atidagi eng nodir namunalaridan hisob lanadi.
Savdo aloqalari.
XV asrda
temuriylar uzoq va yaqin
qator qo‘shni mamlakatlar: Xitoy, Hindiston, Tibet, eron,
Rus, Volga bo‘yi va Sibir bilan muntazam savdo-sotiq qilardi.
Chet davlatlar bilan o‘zaro savdo-sotiqning kengaytirishda
temuriylarning qo‘shni mamlakatlar bilan olib borgan elchilik
aloqalari katta rol o‘ynaydi.
Ulug‘bek
va
Shohrux
Xitoy
bilan muntazam ravishda elchilar almashib turishgan. Ular
zamonida Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi qo‘shnichilik
munosabatlari o‘rnatiladi.
Pul muomalasi.
Iqtisodiy taraqqiyot ma’lum darajada o‘sha
davrda o‘tkazilgan pul islohoti bilan ham bog‘liq edi. Ma’-
lumki,
Ulug‘bek
1428-yil
da muomaladagi
fulusiy pullar
islo-
hotini amalga oshirdi. Ulug‘bek yengil vaznda
zarb etilgan va
muomalada yurgan chaqa pullar bilan ayirboshlashni man etdi.
eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning
fulusiy
pullarga
bo‘lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o‘zida u
Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va
Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir
xil vazndagi
salmoqdor fuluslar zarb ettiradi va muomalaga chiqaradi. Xalq
o‘rtasida
“fulusi adliya”
, ya’ni
“adolatli chaqa”
nomi bilan
shuh rat topgan Ulug‘bekning bu yangi
fuluslari
ichki
chakana
savdo uchun keng yo‘l ochadi.
Shu bilan birga
Ulug‘bek
tashqi savdodan davlat xazinasiga
tushadigan daromadni ko‘paytirish maqsadida tamg‘a solig‘ini
birmuncha oshirdi.
Dostları ilə paylaş: