O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/175
tarix01.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#170197
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Soliq turlari.
 
Sug‘orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan 
asosiy soliq 
“xiroj” 
deb atalgan. Xiroj mahsulot yoki 
pul bilan to‘langan. U hosilga va yerning unumdorligiga 
qarab belgilangan. Chunonchi, daryo va buloq suvlari bilan 
sug‘oriladigan obikor yerlardan xiroj hosilning uchdan bir 
qismi (33%) miqdorida olingan. Lalmikor yerlardan hosilning 
oltidan bir, ya’ni 16,5% dan to sakkizdan bir, ya’ni 12,5% 
miqdorida soliq undirilgan.
Mulk yerlarining bir qismidan “
ushr”
, ya’ni hosilning 
o‘ndan bir qismi (10%) miqdorida soliq olingan. Bunday 
yerlar odatda zamonasining ilm-fani, ma’rifati va ma’naviy 
hayotida muhim nufuzga ega bo‘lgan ulamolar va mashoyixlar 
tasarrufida bo‘lgan. Chorva mollaridan qirqdan bir, ya’ni 2,5% 
miqdorida zakot olingan.
Asosiy soliqlardan tashqari mahalliy aholi 
begor 
ishlarida 
ham qatnashganlar. Begorda qatnashgan har bir kishi ishlash 
uchun kerakli asbob-uskuna va yetarli yemaklarni o‘zi bilan 
olib kelishi lozim bo‘lgan.
* Begor – mahalliy aholiga yuklatilgan saroy
jamoat binolari, mudofaa va sug‘orish inshootlarini 
hamda yo‘l qurilish ishlarida ommaviy ishlab berish 
majburiyati, muqaddas ommaviy hashar


145
1. 
Temuriylar davrida hunarmandchilikning qanday turlari 
rivojlandi?
2. 
Yog‘ochsozlik qog‘oz ishlab chiqarishning rivojlan ganligiga 
misollar keltiring.
3. 
Savdo aloqalari qanday yo‘lga qo‘yilgan edi?
4. 
Ulug‘bekning pul islohoti va uning natijalari haqida nimalarni 
bilib oldingiz?
5. 
Temuriylar davrida dehqonchilik qay tariqa rivojlangan edi?
6. 
Temuriylar davrida yer egaligining qanday turlari bo‘lgan?

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin