148
41-§. ANIQ FANLARNING RIVOJLANISHI
Tayanch tushunchalar: ilm-fan markazlari, matematika
va astronomiya fanlarining rivoji, allomalarning ilmiy merosi,
Samarqand akademiyasi, rasadxona.
Ilm-fan markazlari.
XV asrda
Samarqand
va
Hirot
da
olimlar-u fuzalolar, shoirlar-u
bastakorlarning kattagina
guruhi to‘plangan edi. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida
zamonasining madaniy
muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq
mashhur olim sifatida shuhrat qozongan
Ulug‘bek
ning hissasi
nihoyatda buyukdir.
Ulug‘bek
mamlakatni boshqarish
bilan
bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi, olimlarning
munozaralarida faol qatnashadi. Ulug‘bek o‘tmishdoshlari
Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy,
Muhammad Xorazmiy,
Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o‘rganadi.
Bu buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali u qadimgi yunon
olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx,
Ptolomeylarning mumtoz
asarlari bilan ham tanishadi.
Astronomiya va matematika sohasida erishilgan buyuk
muvaffaqiyatlar Temuriylar davlatiga katta shuhrat keltirdi.
Bu shuhrat birinchi navbatda Ulug‘bek nomi bilan bog‘liqdir.
Ulug‘bek rasadxonasi.
Sa mar qandda o‘z atrofida to‘plan-
gan taniqli olimlarning bevosita ish-
tiroki va
yordamida
Mirzo Ulug‘ bek
1424–1429-yillar
da sha har yaqinidagi
Obirahmat an
hori bo‘
yida rasadxona
qur dirdi. Hanuz gacha
olimlarning qizi-
qishini uyg‘o
tib kelayotgan bu ulkan
imoratning balandligi 31 metr edi.
Dostları ilə paylaş: