O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Qohira dagi  dunyoga dong‘i ketgan  Al-Azhar



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

Qohira
dagi 
dunyoga dong‘i ketgan 
Al-Azhar
diniy dorilfununining 
talabalari hozir ham “
Al­Kashshof
” asosida Qur’oni karimni 
o‘rganadilar. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at – 
arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. 
Mahmud 
Zamaxshariy
1144-yil
da Xorazmda vafot etgan. 
1995-yil
da O‘zbekistonda
 Mahmud Zamaxshariyning
920
yilligi
keng nishonlandi.
Yusuf Xos Hojib.
Turkiygo‘y adib, mutafakkir va davlat 
arbobi bo‘lgan 
Yusuf Xos Hojib
(XI asr) “
Qutadg‘u bilig”
dostonining muallifidir. U qoraxoniylarning markaziy shahar-
laridan bo‘lgan 
Bolasog‘un
da tug‘ilgan. 
Yusuf
bu yerda arab, 
forsiy til va undagi adabiyotlarni puxta o‘rgandi. Falsafa, 
mantiq, matematika va boshqa bilimlarni mukammal egalladi
davlat ishlari, idora qoidalari bilan qiziqdi. 
Yusuf
ning hayoti 
va ijodiy yo‘li haqidagi ma’lumotlar juda oz. 
Yusuf Xos Hojib
haqida ma’lumot beruvchi yagona manba “
Qutadg‘u bilig
” 
dostonidir. U 
1069-yil
da “
Qutadg‘u bilig” 
(“
Saodatga eltuvchi 
bilim
”) asarini 
Bolasog‘un
da yoza boshlaydi va 
1070-yil
da 
Koshg‘ar
da tugatadi. Asarni qoraxoniylar hukmdorlaridan 
bo‘lgan 
Tavg‘och Bug‘roxon
ga
 
taqdim etadi. “
Qutadg‘u bilig”
Tavg‘och Bug‘roxon
ga ma’qul kelib, 
Yusuf
ga “
Xos Hojib
” 
(eshik og‘asi) martabasini beradi. O‘shandan boshlab adibni 
Yusuf Xos Hojib
deb atay boshlaydilar. 
Asarda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotdagi 
o‘rni va vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi. “
Qutadg‘u 
bilig
”da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan 
tasvirlanadi. “
Qutadg‘u bilig
”da axloq, odob, sadoqat va 
va sevgi kabi masalalar haqida hikmatli so‘zlar yuritadi. U 
ilm va ma’rifatga saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning 


100
uchun ham o‘z dostonini “
Qutadg‘u bilig
” deb ataydi. Unda 
ilm va ma’rifatni targ‘ib qiladi, olimlarni ulug‘laydi, davlat 
boshliqlarini ilm-fan ahllaridan ta’lim olishga va ularning 
maslahatlari bilan ish ko‘rishga da’vat qiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin