O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


XII asr da  Yassaviya ,  XII asr oxirida



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

XII asr
da 
Yassaviya

XII asr oxirida 
Xorazmda 
Kubroviya

XIV asr
da Buxoroda 
Naqshbandiya 
va boshqa tariqatlar vujudga keladi.
Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf – 
Yassaviya 
tariqati 
bo‘lib, unga 
Ahmad Yassaviy 
asos soladi. Tariqatning 
asoslari Yassaviyning mashhur 
“Hikmat” 
asarida bayon etiladi. 
Ahmad Yassaviyning fikricha, 
shariatsiz tariqat, tariqatsiz 
ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat 
bo‘la olmaydi. Ularning har biri 
ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviya tari-
* Tasavvuf (sufiylik) – musulmonlarni halollikka, 
poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga 
urmaslikka chorlovchi, har kimni o‘zining halol 
mehnati bilan yashashga, boshqalarning kuchidan 
foydalanmaslikka da’vat etuvchi ta’limot
* Tariqat – tasavvuf qoidalariga amal qilib yashash, 
ya’ni komil inson darajasiga erishishni ko‘rsatuvchi 
 
yo‘l


105
qatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali 
yetishish g‘oyasi olg‘a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va 
farog‘atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo‘lida zahmat 
chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. 
Xullas, Yassaviya tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat 
shariat yo‘lida bo‘lmog‘i hamda tarkidunyochilik targ‘ib etilsa-
da, inson zoti sharif darajasida ulug‘lanadi. Insonning har 
qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi.
Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan yana biri 
Najmiddin Kubro 
(1145–1221) edi. U Xorazmda 
“Kubroviya” 
tariqatiga asos soladi.
Yassaviya tariqatidan farqli o‘laroq, Kubroviya tariqati 
tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolot yo‘lida olib boriladigan 
mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne’matlaridan 
bah ramand bo‘lishning joizligi g‘oyasi ilgari suriladi. Kubro-
viya tariqatida xalqqa va Vatanga bo‘lgan muhabbat nihoyatda 
kuchli bo‘lib, har qanday og‘ir damlarda ham omma bilan 
birga bo‘lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi 
uchun kurashga da’vat etiladi.
Tasavvuf 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin