O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

Sharafiddin Ali Yazdiy 
qo‘shinni yetti qo‘lga – qismga bo‘lib joylashtirish tartibini 
birinchi bo‘lib Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo‘llar 
janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo‘shin qo‘mondoniga 
bo‘ysungan. 
Amir Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo‘l-
lagan. Xususan, jang vaqtida qo‘shin qanotlarini dushman huju-
midan muhofaza qilish va o‘z navbatida, g‘anim kuchlarini yon 
tomondan aylanib o‘tib, unga ortdan zarba berish maqsadida 
tuzilgan – qanbulning joriy etilishi bo‘lgan.
Amir Temurning harbiy yurishlari. 
Amir Temurning 
har bir harbiy yurishiga turtki bo‘larlik sabab bor edi. Bu sa-
bablar – o‘z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi 
dush 
manlardan himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘l-
to‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin, aldamchilarni jozalash, 
bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta’sirini 
kengaytirishdan iborat bo‘lganligini tarixiy manbalardan bilib 
olish mumkin. 
Amir Temur yordamida 
To‘xtamish_Oltin_O‘rda_taxtini_egallaydi._Keyinchalik__To‘xtamish'>To‘xtamish Oltin O‘rda
taxtini 
egallaydi. Keyinchalik 
To‘xtamish
xoinlik yo‘liga kiradi. U 
Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o‘tadi. Natijada 
Amir Temur 
To‘xtamish
ga qarshi uch marta qo‘shin tortishga 
majbur bo‘ladi.
So‘nggi shiddatli jang 
1395-yilning 15-apreli
da Shimoliy 
Kavkazda 
Tarak 
(Terek) daryosi bo‘yida sodir bo‘ldi. Jangda 
Amir Temur qo‘shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni 
kamondan o‘qqa tutish usulini qo‘lladi. O‘q va qilich zarbiga 
chiday olmagan 
To‘xtamish
qo‘shinining safi buzilib, orqaga 
chekindi va tarqalib ketdi. 
To‘xtamish
sanoqligina askari bilan 
qochib changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan askarlardan 
bekindi.
Rossiya tarixchilari 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin