118
mavjud to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga,
qo‘shindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga
erishgan.
Amir Temur qo‘shiniga chorvadorlar qatori o‘troq
aholi-
dan ham askar to‘plangan. Askariy qismlarni viloyatlardan
to‘p lash bilan
tavochi
mansabidagi amaldorlar shug‘ullanar
edi. Qo‘shinda harbiy kuchlarning asosini
tashkil qilgan otliq
askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Amir
Temur qo‘shini son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar
tartibi takomillashib borgan, o‘z zamonasining ilg‘or
qurol va
texnikasi bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-bosh,
bayroq va tug‘lari bilan farqlangan. Bunday farqlanish jangda
qo‘shinni boshqarishda qo‘l kelgan.
Amir Temur qo‘shini o‘ntalik
askariy birikmalar asosida
tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar
Dostları ilə paylaş: