125
Temur ular bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va
o‘zaro savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish
kabi masalalarga
ahamiyat beradi.
Amir Temur
1402-yil yozi
da Fransiya
va Angliyaga maxsus
elchilar orqali
Karl VI
va
Genrix IV
nomlariga maktublar
yo‘llaydi. elchilar Parijga
1403-yil
may oyida yetib boradilar.
elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo
munosabatlari olib borilishini ta’minlash va agar qirol hamda
gersoglar rozi bo‘lsalar, bu erkin
savdoni tegishli bitim yoki
shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi.
Fransiya qiroli
Karl VI
1403-yil 15-iyun
da
Amir Temurga
yo‘llagan javob maktubidan ma’lum bo‘lishicha, Amir Temur
takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan.
Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli
Genrix IV
bilan olib borilgan
diplomatik munosabatlarida
g‘arbiy viloyatlar hokimi
Mironshoh
faol qatnashdi. G‘arbiy
eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonni o‘z
ichiga olgan mulklar
hokimi
Mironshoh
Amir Temurning keksayib qolgan davrida
G‘arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga
jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo
aloqalarini jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylariga
xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash
borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G‘arbda
Dostları ilə paylaş: