123
Misr bilan aloqalar.
Amir Temur bilan Misr sultoni
Bar-
quq
o‘rtasidagi rasmiy aloqalar
1385-yil
dan boshlangan edi.
1386–1405-yillar
mobaynida Amir Temur va Misr sultonlari,
shuningdek ularning Suriyadagi noiblari o‘rtasida taxminan
25 marta maktub va elchilar almashuvi bo‘ldi. Amir Temur
Misr sultoni
Barquq
bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilishi,
savdogar va tijorat ahllari bemalol bordi-keldilarini amalga
oshirishlari, bundan keyin o‘rtada hech qanaqa ixtilof va
adovat harakatlari bo‘lmasligi haqida takliflar bildirib o‘z
elchilarini jo‘natgan edi. Biroq
Sulton Barquq
Amir Temur
jo‘natgan elchilarni qatl etib, takliflarni rad etadi. Keyinchalik
Amir Temur Sulton Boyazid ustidan g‘alaba qozongach, Misr
o‘z itoatkorligini izhor etadi.
Oltin O‘rda bilan munosabatlar.
Amir Temur yordamida
To‘xtamish
Oltin O‘rda taxtiga kelgan bo‘lsa-da, uning Mova-
rounnahrga talonchilik yurishlari avj oldi. Bundan tashqari,
To‘xtamishxon Misr, Iroq va Turkiya bilan harbiy ittifoq tuzib,
Amir Temurga zarba bermoqchi bo‘ldi.
1384-yil
da To‘xta-
mishxonning elchisi Misr sultoni
Barquq
bilan uchrashuvda
Amir Temurni yo‘q qilish taklifini kiritadi. Bunday taklifga shu
yili Misrga kelgan Turkiya va Sivas elchilari mamlakatlari Amir
Temurga qarshi bo‘lgan harbiy ittifoqqa qo‘shilishini aytdilar.
Turkiya, Misr va Oltin O‘rdaning o‘zaro yaqinlashuvi Amir
Temur davlatiga jiddiy xavf tug‘dirardi. Shuning uchun Amir
Temur bu harbiy ittifoq harakatga kelishiga yo‘l qo‘ymadi.
Amir Temur ittifoqchilarni bittadan safdan chiqarish siyosatini
tutdi.
Dostları ilə paylaş: