132
Xalil Sulton
garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida
Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum
qismini
o‘z tarafiga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo‘lsa-
da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli
amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi
va isyoniga duch keladi. Birinchi bo‘lib
Turkiston hamda
Farg‘onaning hoki mi amir
Xudoydot
bilan
Shayx Nuriddin
Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Hatto Xalil Sultonning
ukasi
Sulton Husayn Mirzo
Amudaryoning chap sohilidagi
viloyatlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq
niyatida akasiga qarshi
bosh ko‘taradi. O‘z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy
valiahdi
Pirmuhammad
Amudaryodan kechib o‘tib,
Xalil
Sulton
ga qarshi Nasaf tomonga askar tortadi.
Movarounnahrda
boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi.
Oqibatda davlat parchalanib, ayrim
viloyat hukmdorlari
hokimi mutlaq bo‘lib oladilar.
Pirmuhammad 1407-yil
22-fevral
da vaziri
Pir Ali Toz
boshliq fitnachilar qo‘lida halok
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: