131
4.
Yevropa olimlarining Amir Temur
shaxsi va uning faoliyatiga
qiziqishi qachondan boshlangan?
5.
I.M.Mo‘minovning risolasi nega tanqidga uchragan deb
o‘ylaysiz?
6.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Amir Temur-
ning nomini abadiylashtirish uchun
amalga oshirilgan ishlar
haqida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plang. Amir Temur haqida
qanday badiiy asarlar o‘qigansiz? O‘qigan asarlaringiz
mazmunini gapirib bering.
35-§. TEMURIYLAR DAVRIDAGI SIYOSIY
JARAYONLAR
Tayanch tushunchalar: muxolafat, saltanat taxti uchun
kurash, Shohrux hukmronligining qaror topishi.
Taxt uchun kurash.
Sohibqiron
1405-yil 18-fevral
kuni
Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton qishda,
O‘tror
shahrida
vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o‘n
yillar davomidagi sa’y-harakatlari natijasida barpo
etilgan yirik
saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi saltanat
tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga
cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib
boshqarish
murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolafatchi kuchlar
ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar.
Saltanatning parchalanishiga Amir Temur vorislari o‘rta-
sidagi toj-taxt ilinjida uzoq yillar davom etgan o‘zaro zid-
diyat va urushlar sabab bo‘ldi. Amir Temur
vafoti ol-
didan taxt vorisi etib nabirasi
Dostları ilə paylaş: