1553-yili Italiyaning Flo rensiya shahrida italiyalik olim
Perondino ning
“
Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi ” asari bosilib chiqdi.
Bu Yevropa olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy
tadqiqoti edi. Ushbu asrda ispan tarixchisi
Pero Meksika ning
“
Buyuk Temur tarixi ” asari chop etiladi.
1582-yili Seveliyada
mashhur Ispaniya elchisi
Klavixo ning “
Esdaliklar ” kitobi
nashrdan chiqdi. Ingliz dramaturgi
Xristofor Morlo ning “
Buyuk Temur ” nomli sahna asari ham shu asrda yaratildi. Shundan
beri buyuk Sohibqironga atalgan asarlarning keti uzilmaydi.
Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida
33 mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning
asarlari chop etilgan.
Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va fao
liya-
tiga adolatsizlik bilan yondashilib, bir yoqlama baho be-
rib kelindi. Shunga qaramasdan,
I.M.Mo‘minov'>1968-yil da faylasuf olim
I.M.Mo‘minov ning “
Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tut gan o‘rni va roli ” risolasini nashr etilishi jamoatchilikning bu
mavzuga qiziqishini yanada avj oldirib yubordi. Asar keskin
tanqidga uchradi. Ammo
I.M.Mo‘minov ning Amir Temur
shaxsini o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi bu uning ilmiy
jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasi
bo‘ldi.
…bunday shaxsning yuzaga kelishi davrning, zamonning taqozosi, Chig‘atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarning vahshiyona ezishi, mo‘g‘ul xonlari, Oltin O‘rda beklarining Movarounnahrga to‘xtovsiz bosqinchilik yurushlari azoblangan, xonavayron bo‘lgan, 150 yil 5 – O‘zbekiston tarixi, 7