137
Shunday qilib,
Ulug‘bek
Movarounnahrni qirq yil idora
qildi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash
davom etganligiga qaramay, davlatni mustahkamlashga, mam-
lakat bir li gini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko‘tarishga,
rivoj lan tirishga harakat qildi.
1.
Ulug‘bekning Movarounnahr hukmdori bo‘lishi qan
day yuz
berdi?
2.
Ulug‘bek nima uchun va qayerlarga harbiy yurishlar qildi?
3.
Shohrux vafotidan keyin qanday voqealar sodir bo‘ldi?
4.
Ulug‘bekning fojiali taqdiri haqida gapirib bering.
5.
Ulug‘ bek 40 yillik hukmdorligida davlatni bosh qa rishda ni ma-
larga e’tibor qildi?
6.
Padarkush
Abdullatif haqida
sizda qanday tasavvur hosil
bo‘ldi?
37-§. TEMURIYLAR SALTANATINING INQIROZGA
YUZ TUTISHI
Tayanch tushunchalar: siyosiy beqarorlik, saltanat parchala-
nishining boshlanishi, Xurosondagi ahvol.
Siyosiy beqarorlik.
Ulug‘bek
qatl etilib, oradan
bir necha
kun o‘tgach,
Abdullatif
taxt da’vogaridan qutulish maq-
sadida o‘z inisi
Abdulaziz
ni hamda otasiga sodiq bo‘lgan
amirlarni o‘ldirtirib, temuriylarning Movarounnahrdagi toj-u
taxtini batamom egallab oldi. Mamlakat fuqarolari
tomonidan
“padarkush”
(“ota qotili”) deb la’natlangan
Dostları ilə paylaş: