O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

Xoja Ubaydulloh Ahror 
musibatlarni daf qilish yo‘lida 
bir necha bor jonbozlik ko‘rsatgan edi. 
1454-yil
da Hirot hokimi 
Abulqosim Bobur
Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni 
qamalga olganida 
Xoja Ubaydulloh Ahror
mojaroga qat’iyan 
aralashib, raqiblarni yarashtirdi.
Sulton Husayn va Alisher Navoiy. 
Sulton Husayn Boy-
qaro
Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmron bo‘lib, 
u o‘z tasarrufida Xuroson, Xorazm hamda Sharqiy va 
Shimoliy eron viloyatlarini birlashtirgan edi. U qariyb 40 yil 
hukm surgan temuriylarning so‘nggi yirik hukmdori bo‘lib, 
uning davrida shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga 
qaramay, mamlakatning xo‘jalik va madaniy hayoti yuksaldi. 
Xurosonning obod etilishida, ravnaq topishida zamonasining 
tadbirkor va dono hukmdori 
Sulton Husayn
bilan bir qatorda 
buyuk adib va davlat arbobi 
Alisher Navoiy
ning ham xizmati 
nihoyatda katta bo‘ldi.
Alisher Navoiy 1441-yil
da Hirot da dunyoga kelgan. Uning 
ota-bobosi temuriylar saroyida xizmat qilgan. Sulton Husayn 
bilan Alisher bir mak 
tabda o‘qiganlar. Ular bolalik chog‘-
la ri dayoq Xuroson hukmdori 
Abulqosim Bobur
xizmatida 
bo‘lganlar. Uning va 
fo 
tidan so‘ng 12 yil davomida boshqa-
boshqa shaharlarda yashaganlar. 
Hu sayn
bu davrda avval 
Xorazmda, so‘ng ra Xurosonning Obivard, Niso, Mashhad va 
boshqa viloyatlarida darbadarlikda yurib, kuch to‘plab 
Abu 
Said
ga qarshi isyonlar ko‘taradi. 
Alisher Navoiy
bu yillarda 
Mashhad va Hirotda o‘qiydi. O‘sha paytlardayoq u shoirlik 
iste’dodi tufayli katta shuhrat qozongan edi. Yoshlikdan 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin