152
A
gar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, muta-
fakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning
sultonidir.
Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.
Tarixchilar.
Tarix ilmining yirik namoyondalaridan biri
Mirxond
(1438–1498) bo‘lib, uning haqiqiy ismi
Muhammad
Xovandshoh
ibn Mahmud
dir. U Balxda tug‘ilgan bo‘lsa-da,
umrining deyarli ko‘p qismini Hirotda o‘tkazadi.
Mirxond
ning
ota-bobolari asli buxorolik bo‘lib, fiqh ilmida zamonasining
yetuk olimlari sifatida shuhrat topganlar. Mirxond haqida
ma’lumotlar juda kam. U haqda ayrim ma’lumotlar nabirasi
Xondamir
tomonidan yozib qoldirilgan: “
Padarpanoh janob
amir Xovand Muhammad yigitlik chog‘larida turli ilm
larni tahsil etish va nafis fazilatlarni kamoliga yetkazish
yo‘lida tirishqoqlik va zo‘r mehnat qildi…qisqa vaqt ichida
bilimdonlikda zamon fozillarining peshqadami bo‘lib oldi.
U (ko‘proq) tarix ilmini kasb qildi va jahon ahvolini hamda
osori atiqalarini tahqiq qilishga kirishdi. Oliyjanob xotirani
tez fursat ichida bu fanni egallashdan forig‘ qildi, ammo fe’lu
atvori maishat ahli bilan qo‘shilishga yo‘l bermadi, zavqu
shavqqa berilmadi… Dars berish va amru ma’rifatga ishtiyoq
uning ravshan xotirida aslo ko‘rinmadi. Ammo (bu hol) … orzu
va omonlikning qiblagohi, ya’ni oliyjanob Sulton (Husayn)
hazratlari yaqin do‘sti (Amir Alisher Navoiy)ning huzurlariga
borganicha va uning har turli navozish, marhamat, iltifot
hamda muruvvatlarini topgunlaricha davom etdi
”.
Dostları ilə paylaş: