Iqto yerlarining kengayishi. XI asr dan boshlab yerdan
foydalanishda
iqto tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar
tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy
darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga
ham katta-katta yer maydonlari
iqto tarzida hadya qilinadi.
Iqto tartibi qoraxoniylar uchun bo‘ysundirilgan mamlakatlar
aholisidan tegishli soliqlarni undirish boshqarishning eng qulay
shakli hisoblangan.
Shunday qilib,
XI–XII asrlar da Movarounnahrda va Xuro-
sonda
iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan
biriga aylanadi.
Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo‘lgan e’tibor-
ning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sirining
tobora ortib borishi bilan
vaqf yerlari ham ancha ko‘paydi.
Garchi bu davrda
barzikorlar ilk o‘rta asrlardagi kadivar lar-
ga nisbatan ozod hisoblansalar-da, ammo ularning zimmasiga
dav lat tomonidan turli soliq va har xil maj buriyatlar yuklangan
edi. Su g‘orish tarmoqlari, to‘g‘onlar, yo‘l va qal’alar qurish va
ularni ta’ mir etishda ularning ishtiroki shart edi.
Shaharlar, savdo va hunar mandchilik. XI–XII asrlar da
sha harlar kengayadi, aholi soni ko‘payib, ular yanada gavjum-
la shadi.
Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan, Toshkent kabi
shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik
mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi
bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi.
Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan
Raboti Malik ,
Masjidi kalon ,
Minorai kalon ,