Sharafiddin Ali Yazdiy qo‘shinni yetti qo‘lga – qismga bo‘lib joylashtirish tartibini
birinchi bo‘lib Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo‘llar
janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo‘shin qo‘mondoniga
bo‘ysungan.
Amir Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo‘l-
lagan. Xususan, jang vaqtida qo‘shin qanotlarini dushman huju-
midan muhofaza qilish va o‘z navbatida, g‘anim kuchlarini yon
tomondan aylanib o‘tib, unga ortdan zarba berish maqsadida
tuzilgan – qanbulning joriy etilishi bo‘lgan.
Amir Temurning harbiy yurishlari. Amir Temurning
har bir harbiy yurishiga turtki bo‘larlik sabab bor edi. Bu sa-
bablar – o‘z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi
dush
manlardan himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘l-
to‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin, aldamchilarni jozalash,
bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta’sirini
kengaytirishdan iborat bo‘lganligini tarixiy manbalardan bilib
olish mumkin.
Amir Temur yordamida
To‘xtamish_Oltin_O‘rda_taxtini_egallaydi._Keyinchalik__To‘xtamish'>To‘xtamish Oltin O‘rda taxtini
egallaydi. Keyinchalik
To‘xtamish xoinlik yo‘liga kiradi. U
Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o‘tadi. Natijada
Amir Temur
To‘xtamish ga qarshi uch marta qo‘shin tortishga
majbur bo‘ladi.
So‘nggi shiddatli jang
1395-yilning 15-apreli da Shimoliy
Kavkazda
Tarak (Terek) daryosi bo‘yida sodir bo‘ldi. Jangda
Amir Temur qo‘shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni
kamondan o‘qqa tutish usulini qo‘lladi. O‘q va qilich zarbiga
chiday olmagan
To‘xtamish qo‘shinining safi buzilib, orqaga
chekindi va tarqalib ketdi.
To‘xtamish sanoqligina askari bilan
qochib changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan askarlardan
bekindi.
Rossiya tarixchilari