120
qo
zon
gan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki
butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining
birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi.
Amir Temur o‘z saltanatining janubiy chegaralarini mustah-
kamlash va kengaytirish maqsadida
Eron
,
Ozarbayjon
,
Iroq
,
Shom
(Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar
tarixda
uch yillik, besh yillik
va
yetti yillik urushlar
deb nom
olgan.
Amir Temur o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lib,
moli omon
to‘lagan shaharlarga tegmagan, qo‘shinlarni bunday shaharlarga
kiritmagan.
1398–1399-yillar
da Hindistonga yurish qiladi va
Dehlini egallaydi.
Keng ko‘lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron
Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati
chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur usmonli turklar sultoni
Boyazid Yildirim
bilan munosabatni yaxshilash tarafdori
bo‘lgan. Boyazid
qoraqo‘yunlar, muzaffariylar, jaloyiriy
larning
Amir Temurga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan. Buning
natijasida ikki davlat o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lishi muqarrar
bo‘lib qoldi.
Amir Temur bilan
Sulton Boyazid
qo‘shinlari o‘rtasidagi
hal qiluvchi jang
1402-yil 20-iyul
da Anqara yaqinida, Chubuq
mavzeyida sodir bo‘ladi. Bu jang tarixda
“Anqara jangi”
deb
ataladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari
turk qo‘shinini tor-mor etadi.
Sulton Boyazid
asirga olinadi.
Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir
Temur ni Fransiya, Angliya hamda Kastiliya va Leon qirollari
tab
rik
lab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki
Sohib
qiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf
solib tur
gan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun
Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur
Dostları ilə paylaş: