31
ijara tarzida bo‘lib berishgan. Buning uchun
ziroatkorlar soliq
to‘lashgan. Dehqonlar va amirlar soliqning xalifa xazinasiga
tushishida vositachilik qilishgan.
1.
Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga asoslanib
arablar haqida
va Islom dini qanday vujudga kelganligini gapirib bering.
2.
Xuroson qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan? Uning markazi
qaysi shahar bo‘lgan?
3.
Ayting-chi, Movarounnahr qanday ma’noni anglat gan?
4.
O‘ylab ko‘ring-chi, nega arablar Movarounnahrni dast lab bo-
sib olishni ko‘zlamagan?
5.
Xorazm xalifalikka qanday tobe etildi?
6.
Arablar Movarounnahrni necha yil mobaynida bosib olgan?
7.
Arablar davrida yer egaligining qanday shakllari mavjud bo‘l-
di?
9-§. MOVAROUNNAHRDA ISLOM DININING
YOYILISHI
Tayanch tushunchalar: fath oqibatlari, soliqlar, Islomga da’vat.
Iqtisodiy oqibatlar
.
Xalifalik o‘lkani zabt etish jarayonida
uning deyarli barcha
obod dehqonchilik vohalarini, juda ko‘p
shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdi. Suv inshootlari
buzib tashlandi. ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi.
Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, ku
mush,
qimmatbaho buyumlar va ko‘plab qurol-yarog‘lar tortib olindi.
Sulh tuzishga majbur bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: