Nuh Sobuq- tegin ni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G‘azna va
Xurosonda
Sobuqtegin va o‘g‘li
Mahmud ning siyosiy hukm-
ronligi mustahkamlanadi.
996-yil da qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum
boshlaydilar. Shunday og‘ir bir sharoitda xiyonat ro‘y beradi.
Ya’ni
Sobuqtegin qo‘shini Buxoroni egallaydi. So‘ngra u
qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular
o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi
qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi.
Sobuqtegin esa Amudaryodan
janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo‘lib
oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina
beriladi, xolos. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay,
999-yil da Buxoroning
Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt
etilishi bilan somoniylar hukmronligi batamom barham topdi.
Qoraxoniylar davlatining bo‘linishi. Qoraxoniylar endi
Xurosonni ham o‘z davlatiga qo‘shib olish uchun harakat qila-
dilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay qoraxoniylar va g‘aznaviylar
o‘rtasida shiddatli urushlar boshlanadi.
1006- va 1008-yillar da
qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortadilar. Lekin
Mahmud G‘aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni
o‘z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi.
G‘aznaviylarning saljuqiylar bilan jiddiy kurashi boshlanadi.
Bundan foydalangan qoraxoniylarning mahalliy hukmdori
Ibrohim Bo‘ritegin 1038-yil da Amudaryo bo‘yi viloyatlari –
Xutta lon ,
Vaxsh va
Chag‘oniyon ni g‘aznaviylardan tortib
oladi. Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnahrni va Farg‘onani
57
o‘zi
ga bo‘ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Nati-
ja
da qora
xoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri
poytaxti