59
masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va kar-
vonsaroy kabi inshootlar quriladi.
Hunarmandchilik mahsulotlari o‘zining
xilma-xilligi va
yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi. Bu davrda sha-
har
larda, ayniqsa,
kulolchilik, shishasozlik, miskarlik va
chilangarlik rivoj topadi. Hunarmandchilikning taraqqiy etishi
hamda ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan bozor
tijoratida pulga talab oshadi.
Natijada kumush va misdan
ko‘plab chaqa va tangalar zarb qilinadi.
Qoraxitoylar hujumi.
Siyosiy jihatdan tobora zaiflashib
bora
yotgan Qoraxoniylar davlati o‘zining avvalgi mavqeyini
yo‘qotib, saljuqiylar tazyiqiga uchraydi va unga qaram bo‘lib
qoladi.
XII asrning 30-yillari oxiri
ga
kelganda Qoraxoniylar
davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar – ko‘chmanchi
qo-
ra xi toylar
(mo‘g‘ullarga mansub qabila) hujumiga duchor
bo‘ldi.
Qoraxitoylar
hukmdori
Go‘rxon Bolasog‘un
shahrini
Qoraxitoylar davlatining poytaxtiga aylantirgan.
Yettisuvga joylashib olgan
qoraxitoylar
tez orada Sir-
daryoning o‘rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ularning
jangovar qo‘
shin
lari avval Shosh va Farg‘onaga, so‘ngra
Zarafshon va Qash qadaryo viloyatiga bostirib kiradi.
1137-yil
da
ular
Xo‘jand
shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni
Mahmud
ga qaq shatqich zarba beradilar. O‘zaro sulh tuzilib,
qora
xoniylardan katta tovon olingach, o‘z yurtlariga qaytib
keta
dilar. Lekin sulh uzoqqa cho‘zilmaydi. Oradan to‘rt yil
o‘tgach qoraxitoylar yana Movarounnahrga yurish qiladilar.
Dostları ilə paylaş: