O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


voiy, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

voiy, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror kabi buyuk allomalar 
katta hissa qo‘shadilar.
Mustaqillik sharofati bilan Ahmad Yassaviy, Bahouddin 
Naqshband, Najmiddin Kubro singari bobokalonlarimizning 
aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop 
etilib, ularning bebaho ma’naviy meroslaridan hozirgi avlodlar 
bahramand bo‘lmoqdalar. Chunki, islomiy ta’lim-tarbiya aso-
sida ajdodlarimiz kamol topib, o‘zlaridan o‘chmas tarixiy me-
ros qoldirganlar.
1. Movarounnahrlik muhaddis ulamolardan kimlarni bilasiz?
2. Al-Moturidiy qanday asarlar yozgan?
3. Ma’naviy hayotda Islom dinining ahamiyati nimada deb o‘y-
laysiz?
4. Tasavvuf qanday ta’limot?
5. Yassaviya tariqati asosida qanday qarash ustunlik qiladi?
6. 
Kubroviya tariqatidagi vatanparvarlik g‘oyalarini ta’riflang. 
7. Naqshbandiya tariqati insonlarni nimaga da’vat etadi?
29-§. ME’MORCHILIK, SAN’AT VA MUSIQA
Tayanch tushunchalar: me’morchilik, san’at, naqqoshlik, o‘yma-
korlik, xattotlik, shashmaqom.
Me’morchilik.
 
O‘rta asr jamiyatining 
ijtimoiy-siyo 
siy tu 
zu 
mi va Islom dini 
mafkurasi madaniy hayotning bu soha-
siga ham kuchli ta’sir qildi. Samarqand, 
Buxoro, Ur 
ganch, Termiz, O‘zgan 
va Marv kabi shaharlarda bu davrda 
ko‘plab saroy, masjid, madrasa, mi nora, 
maq bara, tim va kar von saroylar qu ri ldi. 
Buxoro shahridagi Ismoil Somo niy maq-
barasi, Namozgoh mas jidi, Minorai kalon 
hamda Vob kent 
va Jarqo‘rg‘ondagi 
mino ra lar va ko‘pgina boshqa bino 
lar 
o‘sha davr me’morchiligining na mu -
Vobkent minorasi 
(XII asr)


107
nalaridandir. Bu yodgorliklar o‘zi 
ga xos 
me’morchilikning rivoj top gan ligidan da-
lo lat beradi.
Bu davrda yo‘nilgan tosh, pishiq g‘isht 
va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan 
turli xil suv inshoot lari: suv omborlari – 
bandlar, ko‘p riklar, sardobalar va korizlar 
barpo etiladi. Bunday inshoot larning o‘l-
chamlari mate 
matika nuqtayi nazaridan 
g‘oyat puxta ishlangan. Masalan, X asr-
da Nurota tizmalaridagi Pas 
tog‘ darasi 
to‘silib barpo etilgan Xonban di nomli suv 
omboriga 1,5 mln metr kub suv to‘plangan. To‘g‘on granit 
toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Bu 
suv om 
borini qurishda suvning vertikal va gorizontal bosim 
kuchi va bu hu dud larda tez-tez sodir bo‘ladigan zil zilalarning 
sil 
kinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin